Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum'a namozidan so'ng qaylula qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

40-bob. Jum'a namozidan so'ng qaylula qilmoq
«Jum'aga ertaroq borib kelib, qaylula qilar erdik»,- deydilar Anas raziyallohu anhu. 
«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum'a namozini o'qib, so'ng 
dam olar erdik»,- deydilar Sahl raziyallohu anhu.
41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o'qiladigan namoz)
Olloh taolo o'z oyati karimasida bunday deydir: «Agar safarda bo'lg'aydirsiz-u, 
kofirlarning fitna qilib hujum etib qolmaklaridan cho'chigaydirsiz, namozni qisqaroq 
o'qimog'ingizning zarari yo'qdir, zero kofirlarning sizlarga dushmanlik qilmog'i turgan 
gapdir. (Ey payg'ambar), agar sen sahobalaring birlan birga bo'lg'aydirsen-u, imomlik 
qilib namoz o'qimoqchi bo'lg'aydirsen, ularning bir qismi sen birlan namoz o'qisin, 
ikkinchi qismi ersa, sizlarni qurol tutib orqangizdan qo'riqlab tursin! Birinchi rak'at 
tugagach, namoz o'qimagan qo'riqchi qism kelib sen birlan birga ikkinchi rak'atni o'qisin! 
Birinchi qism ersa, ehtiyot choralarni ko'rib tursin! (Chunkim) qurol-aslahalaringizni 
tashlab namoz o'qiyotganingizda kofirlar sizlarni g'aflatda qoldirib birdan hujum qilib 
qolmoqlari mumkindir. Lekin, yomg'ir yog'ib loygarchilik bo'lsa yokim kasal ersangiz
qurol aslahalaringizni qo'yib, namoz o'qisangiz bo'lg'aydir. Ogoh bo'lingiz, Olloh taolo 
kofirlarni tahqirlovchi azob tayyorlabqo'ygandir!»
Shu'ayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salot ul-xavf 
o'qiganmilar?» -deb Zuhriydan so'radim. Ul: «Menga otam Abulloh ibn Umar bu xususda 
bunday degan erdilar»,- deb quyidagilarni aytib berdi:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g'azotga chiqdim. Najd tomonda 
dushmanning to'g'risiga kelib saf tortdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 
o'qimakka turdilar, bir guruh odamlar ul kishiga iqtido qildi, ikkinchi guruh ersa, 
dushmanni kuzatib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido etib namoz 
o'qiyotgan kishilar bir marta ruku' aylab, ikki marta sajda qildi, so'ng, ular namozgohni 
tark etdilar, o'rinlariga qo'riqlab turgan ikkinchi guruh borib turdi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ular birlan birga ham bir marta ruku'va ikki marta sajda qildilar, so'ng 
salom berdilar. Ikkinchi guruhdagi kishilarning har biri o'zlari mustaqil ravishda yana bir 
marta ruku'va ikki marta sajda qilib oldi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling