Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Arafotga chiqayotganda va Mino kunlarida takbiri tashriq aytmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

12-bob. Arafotga chiqayotganda va Mino kunlarida takbiri tashriq aytmoq
Umar raziyallohu anhu Minodagi chodirlarida takbiri tashriq aytar erdilar, uni eshitgan 
masjid va bozor ahli ham qo'shilib aytar erdi, hatto Mino bundan larzaga kelur erdi. Ibn 
Umar o'sha kunlari Minoda beto'xtov takbiri tashriq aytur erdilar, besh vaqt namozdan 
keyin ham, chodir ichida ham, o'rin-to'shak ustida ham, o'tirgan o'rinlarida va yurgan 
yo'llarida ham takbiri tashriq aytur erdilar. Maymuna onamiz va boshqa ayollar ham 
tashriq kunlari masjidda Abbon ibn Usmon va Umar ibn Abdulaziz boshliq erkaklar 
orqasida o'tirib takbiri tashriq aytishdi».
Muhammad ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Minodan Arafotga ketayotib Anasdan 
talbiya (labbayka Ollohumma, labbayka, demoq) haqida so'radim: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga qanday talbiya aytar erdingizlar?» Anas: «Xohlagan kishi - 
talbiya, xohlamagan - takbiri tashrik, aytur erdi, unga hech kim hech narsa demas 
erdi»,- dedi».
Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni bizga hayit namoziga chiqmoqni buyurishar 
erdi, hatto bokira qizlaru hayz ko'rgan xotinlar ham hayit namoziga chiqishar erdi. 
Erkaklar orqasida turib, ular takbir aytishsa, takbir aytur erdik, duo aytishsa, duo aytur 
erdik, O'sha kunning barakotini tilab, gunohlarimizdan forig' bo'lmoqni niyat qilur erdik»,
13-bob. Yerga sanchib qo'yilgan nayzaga qarab namoz o'qimoq
Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkala hayitda ham ro'paralariga 
nayzani sanchib qo'yib (qibla tomonni to'sib qo'yib), namoz o'qidilar»,- deydilar.
14-bob. Hayit kuni imom huzurida anaza (uchida temiri bor hassa) yoki harba 
(kalta nayza) ko'tarib yurmoq
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqsalar
ketlaridan anaza ko'tarib yurishar erdi. Namozdan oldin uni ro'paralariga sanchib 
qo'yishar erdi. Janob Rasululloh o'shanga qarab namoz o'qir erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling