Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hayit namozini o'qigandan keyin xutba aytmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. Hayitda va haramda qurol kotarib yurmoqning makruhligi
8-bob. Hayit namozini o'qigandan keyin xutba aytmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Usmon raziyallohu anhular birlan birga hayit namozini o'qidim. Ularning hammalari ham hayit namozini xutbadan avval o'qidilar». Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham, Abu Bakr va Umar ham ikkkala hayit namozini xutbadan avval o'qidilar»,- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro'za hayiti kuni ikki rak'at hayit namozi o'qidilar, hayit namozidan avval ham, keyin ham namoz o'qimadilar. So'ng, xotinlar jamoasi oldiga bordilar, ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarni sadaqa bermakka da'vat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Birov sirg'asini, birov bilaguzugini tashladi». Barro deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bugun (hayit kuni) eng avvalo hayit namozini o'qig'aymiz, keyin borib, qurbonlik qilg'aydirmiz. Kim shunday qilg'aydir, bizning sunnatimizni bajargan bo'lur. Kim namozdan avval qo'y so'ygan bo'lsa, bola- Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy chaqasiga go'sht g'amlab beribdir, qurbonlik qilmabdir»,-dedilar. Shunda ansoriylardan Abu Burda degan sahoba: «Yo Rasululloh, namozga kelishimdan avval qo'y so'yib erdim Menda yana ikki yoshga yetmagan bir echkicha bordir, ikki yashardan ham ko'rkamroq, shuni qurbonlik qilsam bo'lg'aydirmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O'rniga o'shani qurbonlik qila qolg'il, lekin sendan boshqa hech kimga bu ruxsat ztilmaydir!» -dedilar». 9-bob. Hayitda va haramda qurol ko'tarib yurmoqning makruhligi Hasan Basriy: «Hayit kuni sahobai kiromlarga qurol taqib (yokim olib) yurmoq man' qilingan bo'lib, dushman xavfi bo'lgandagina ruxsat qilingandir»,-deydilar. Sa'id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar birlan birga ot minib ketayotganimizda ul kishining oyoqlarining kaftiga nayzaning uchi kirib qadalib qoldi. Men otdan tushib sug'urib tashladim. Bu voqea Minoda bo'lgan erdi. Bundan xabar topgan Hajjoj ko'rgani kelib: «Nayzani sizga kim tiqqanini bilganimizda erdi!» - dedi. Shunda Ibn Umar: «Siz tiqdingiz!» - dedilar (Hajjoj suiqasd qilmoqqa buyurgan erdi). Hajjoj: «Qanday qilib?»- dedi. Ibn Umar: «Qurol olib yurmoq mumkin bo'lmagan kunda qurol olib yurmoqqa ijozat berdingiz. Haramga qurol birlan kirmoq mumkqn ermas erdi, bunga ham ruxsat berdingiz!» -dedilar». Sa'id ibn al-Osim: «Otam bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Hajjoj Ibn Umar huzurlariga kirganda men ham o'sha yerda erdim. «Ahvolingiz nechuk?» -dedi Hajjoj. «Yaxshi»,- dedilar Ibn Umar. «Kim nayza urdi sizga?» - dyob so'radi Hajjoj. Ibn Umar: «Qurol ko'tarmoq mumkin bo'lmagan kunda qurol ko'tarmrqqa ruxsat bergan kishi urdi»,- dedilar», Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling