Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Vitr haqidagi hadislar
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
27-bob. Vitr haqidagi hadislar
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh' sallallohu alayhi va sallamdan tunda o'qiladirgan namoz haqida so'radi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tungi namoz ikki rak'at-ikki rak'atdan o'qilg'aydir. Qaysi biringiz namozi bomdodning qazo bo'lib qolishidan cho'chisangiz, bir, rak'at o'qingiz, shu o'qiganingiz vitr bo'lg'aydir» ,— dedilar». Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar vitr namozining birinchi rak'ati birlan ikkinchi rak'ati o'rtasida ham salom berar, hatto biror hojatlari bo'lsa, bajarib kelmakni buyurar erdilar». Kurayb raziyallohu anhuga Ibn Abbos quyidagi hadisni aytib bergan erkaplar: «Bir kuni Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Yostiqning ensiz tomoniga men, enli tomoniga ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan xotinlari -Maymuna xolam bosh qo'yib yotdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha uxladilar. So'ng, o'rinlaridan turib uyquni ketkazish uchun yuzlarini qo'llari birlan ishqadilar. Keyin, «Oli Imrbn» dan 10 oyat o'qidilar, so'ng o'rinlaridan turib, osiqliq meshchani olib yaxshilab tahorat qildilar. Keyin, namozga turdilar. Men ham tahorat olib yonlariga borib turdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ng qo'llari birlan qulog'imni (erkalatib) ishqab qo'ydilar, so'ng ikki rak'at, keyin ikki rak'at, keyin ikki rak'at, keyin ikki rak'at, keyin ikki rak'at, keyin yana ikki rak'at namoz o'qidilar. Keyin, bir rak'at vitr o'qidilar, so'ng muazzin kelguncha yonboshladilar. Muazzin kelgandan keyin o'rinlaridan turib ikki rak'at Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy namoz o'qidilar, keyin hujralaridan chiqib odamlar birlan ikki rak'at bomdod o'qidilar ». Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasigi namoz ikki rak'at-ikki rak'atdan o'qilg'aydir. Namozdan uyingga qaytging kelganda bir rak'at o'qigil. O'sha yuqorida o'qigan namozlaringning hammasi vitr bo'lg'aydir»,- dedilar. Qosim: «Balog'atga yetganimizdan (ya'ni, masjidga chiqadigan bo'lganimizdan) boshlab, odamlarning uch rak'atdan vitr o'qiyotganini ko'rdik. Bir rak'at o'qishning ham, uch rak'at o'qishning ham, menimcha hech bir zarari bo'lmasa kerak»,- deydi». Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'n bir rak'at vitr o'qir erdilar (tunda o'qiydirgan namoz nazarda tutilayotir). Sajda qilganlarida, siz 50 oyat o'qimakka qancha vaqt sarf qilsangiz, o'shancha muddat bosh ko'tarmay turardilar. Namozi bomdodni o'qishdan avval ikki rak'at sunnat o'qir erdilar. So'ng, muazzin kelib namozga chaqirguncha o'ng qo'llarini bosib yonboshlab yotar erdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling