Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Vitr o'qiladirgan vaqtlar


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

28-bob. Vitr o'qiladirgan vaqtlar
Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyquga yotishdan avval vitr 
o'qimakni tavsiya qildilar»,- deydilar.
Anas ibn Sirin: «Ayting-chi, namozi bomdoddan avval o'qiladirgan ikki rak'at sunnatni 
uzunroq qiroat qilayinmi?» - deb Ibn Umardan so'rabdilar. Ibn Umar bunday deb javob 
beribdirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi ikki rak'at-ikki rak'at namoz 
va bir rak'at vitr o'qir erdilar. Namozi bomdoddan avval ,ersa, tezlik birlan ikki rak'at 
namoz o'qib olar erdilar».
Oisha onamiz: «Har kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otargacha vitr o'qir 
erdilar»,- deydilar.
29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlarini vitrga 
uyg'otganlari
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namoz 
o'qir erdilar. Men ersam, ul kishining ro'paralarida ko'ndalang bo'lib to'shakda yotar 
erdim. Qachon vitr o'qiydirgan bo'lsalar, meni uyg'otar erdilar, men ham vitr o'qir 
erdim».
30-bob. Namozxon kechaoigi namozning oxirini vitr qilsin!
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:'«Kechasigi namozingizning 
oxirini vitr qilingiz!» deb aytganlar»,- deydilar.
31-bob. Ot-ulov ustida vitr o'qimoq
Sa'id ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makka ko'chalaridan 
birida ketayotgan erdim. Shunda tong otib qolmog'idan qo'rqib, otdan tushdim-da, vitr 
o'qib oldim. Keyin, Abdullohga yetib oldim. Abdulloh menga: «Qaerda qolib ketding?»- 
dedi. Tong otib qolmog'idan qo'rqib, vitr o'qib oldim, dedim. Abdulloh: «Bu borada


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ibrat olsang bo'lmaydirmi?!» - dedi. «Olloh 
haqqi, albatta shundoq»,-dedim. Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya 
ustida ham vitr o'qir erdilar»,-dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling