Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qahatchilik bo'lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg'ir tilab
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37-bob. Yomgir sorayotganda ridoni tanaga yaxshilab orab olmoq
- 38-bob. Jome masjidida yomgir soramoq
36-bob. Qahatchilik bo'lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg'ir tilab
bering!» deb imomga aytmog'i Abdulloh ibn Dinorga otalari quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar: «Ibn Umarning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg'ir, yogdirg'il!» degan mazmundagi Abu Tolib yozgan she'rni o'qib iltijo qilayotganini eshitdim». Solimga otasi Abdulloh ibn Umar bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib yomg'ir so'rashlari bilanoq yuzlariga yomg'ir tomchilay boshlaganini ko'rganimda shoir Abu Tolibning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg'ir yog'dirg'il!» degan mazmundagi she'ri yodimga tushgan erdi shekilli». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar, qurg'oqchilik bo'lganda, Abbos ibn Abd ul-Mutallibni o'rtaga qo'yib Ollohdan yomg'ir so'rar erdilar. «Ilohiy, biz sendan payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni o'rtaga qo'yib yomg'ir so'rar erdik, yomg'ir berar erding. Endi biz Rasulullohning amakilarini o'rtaga qo'yib sendan yomg'ir so'raymiz, yomg'ir berg'il bizga!» deb iltijo qilur erdilar. So'ng, Olloh taolo yomg'ir yuborar erdi». 37-bob. Yomgir so'rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o'rab olmoq Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini yaxshilab o'rab olib, keyin Olloh taolodan yomgir so'radilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga chiqib, yomg'ir so'radilar. So'ng, qiblaga qarab turib ridolarini tanalariga yaxshilab o'rab oldilarda, ikki rak'at namoz o'qidilar». 38-bob. Jome' masjidida yomg'ir so'ramoq Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi jum'a kuni masjidga minbar to'g'risidagi eshikdan kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotgan erdilar. Voyagi kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yuzlanib, tik turgan holda: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko'chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so'rangiz, bizga yomg'ir bersin!»- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llarini ko'tarib: «Ilohi, bizga yomg'ir berg'il! Ilohi, bizga yomg'ir berg'il! Ilohi, bizga yomgir berg'il!» - deb uch marta duo qildilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o'shanda havo mutlaqo ochiq bo'lib, osmonda bir parcha ham bulut ko'rinmas erdi, xullas, havoning yomg'ir yog'adigan siyog'i yo'q erdi. Biz turgan joy birlan Sal' (Madinai Munavvaradagi tog') oralig'ida birorta uy ham, hovli ham yo'q erdi. To'satdaya tog' ortidan qalqonsimon bir bulut paydo bo'lib, tobora kattalasha boshladi va nihoyat butun osmonni qoplab oldi. So'ng, yomg'ir yog'di. Olti kun Quyoshni ko'rmadik. Keyingi jum'ada ham Rasululloh tik turib xutba aytayotgan erdilar. Birdan o'sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg'ir ko'pligidan chorva qirilib ketdi, ko'chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so'rang, yomg'irni to'xtatsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llaryni ko'tarib: «Ilohi, atrofimizga yog'dirg'il, ustimizga yog'dirmagil! Ilohi, tepaliklarga, tog'larga, vodiylarga, o'tloqlarga yog'dirg'il!»-deb duo qildilar. Dam o'tmay yomg'ir to'xtadi, masjiddan chiqib ketayotganimizda Quyosh charaqlab turardi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o'sha yomgir so'rab kelgan odamning o'zimidi?» - deb so'raganda, Anas: «Yodimda yo'q»,- degan ekanlar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling