Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ilohi, ularga Yusuf
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ilohi, ularga Yusuf
alayhissalom davrlaridagidek qurg'oqchilik (yillarini) yuborgil!» deb duoi bad qilganlari haqida Abu Lurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har doim oxirgi rak'atdan bosh ko'targanlarida: «Ilohi, Iyosh ibn Abu Rabi'aga najot bergil! Ilohi, Salama ibn Hishomga najot berg'il! Ilohi, Valid ibn Validga najot berg'il! Ilohi, zaif mo''minlarga najot berg'il! Ilohi, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy alayhissalom davrlaridagidek qurg'oqchilik (yillarini) yuborg'il!» - deb iltijo qilar erdilar. Keyin, yana: «Olloh taolo G'ifor (qabilasinyng) gunohlarini mag'firat qilsin! Olloh taolo Aslam (qabilasiga) omonliq bersin!» - deb qo'yar erdilar». Ibn Abu az-Zinod: «Janob Rasululloh bu duolarning hammasini bomdod namozida aytar erdilar, deb otam aytgandilar»,- deydi. Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas'udning huzurida o'tirgan erdik. Shunda ul: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh ahlining islomdan yuz o'girganini ko'rib, «Ilohi, Qurayshga yetti yil davomida Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborg'il!» deb duoi bad qilgandilar»,—dedi. Keyin, shundan so'ng bo'lgan voqealarni birma-bir hikoya qilib berdi: «Quraysh boshiga qahatchilik tushdi, o'simliklarning barcha turi qurib, qovjirab ketdi. Qurayshliklar harom o'lgan hayvonlarning hatto terisigacha yeb bitirishdi. Ochlikdan sillalari qurib, osmonga qarasalar, ko'zlari tinib, boshlari aylanadirgan bo'lib qoldi. Shunda Abu Sufyon Janob Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, siz bizga Ollohga itoat qilmakni va qarindoshchilikka rioya qilmakni buyurg'aysiz-ku! Qarindoshlaringiz bo'lmish Quraysh ahli qahatchilik va ochlikdan halok bo'lmoqda, ularning haqqiga Olloh taolodan najot tilab, duo qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh Olloh taolo oyati karimasining «Osmonni tutun qoplaydirg'an kunni kutg'il!» degan joyidan, «... Biz qattiq jazolab (urib), qasos oladirg'an kunni kutg'il!» degan joyigacha o'qidilar. (Mana, o'zingiz bilursiz) osmonni tutun qoplaydirgan kun ham, qattiq jazolab (urib), o'ch oladirg'an kun ham bo'lib o'tdi. Ushanda Janob Rasululloh o'qigan oyatlari—«Rum» surasining dastlabki oyatidir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling