Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qattiq shamol esganda


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

57-bob. Qattiq shamol esganda...
Humayd raziyallohu anhu Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Qattiq shamol tursa
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarida xavotir alomati sezilar erdi».
58-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo tonggi shamol 
ila menga zafar yo'lladi»,- deganlari
Ibn Abbos rivoyatqiladirlar: «Janob Rasululloh: «Ollohtaolo menga tonggi shamol ila 
zafar yo'lladi, Od qavmini ersa, Dabur shamoli (kun botar tomondan esadirgan kechki 
shamol) ila halokatga uchratdi»,- dedilar».
59-bob. Zilzila va har xil ofatlar to'g'risida aytilgan hadislar
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilm (islom ilmi) 
butunlay yo'q bo'lmago'ncha, zilzila ko'paymaguncha, vaqt (umr) tez o'tadirgan 
bo'lmaguncha, fitna va gunohlar oshkora qilinadirgan bo'lmaguncha qiyomat 
bo'lmag'aydir. Qiyomatga yaqin shunchalik boyib ketg'aydirsizkim, hatto mol-dunyoingiz 
(uyingizga) sig'may ketg'aydir»,- dedilar».
Ibn Umar: «Ilohi, bizning o'ngu so'limizdagi mamlakatlarga barakot ato etg'il!» - dedilar. 
«Bizning Najdga ham barakot ato etg'il, deng!»- deyishdi sahobalar. Ibn Umar: «Ul 
yerda zilzilalar, fitnalar bo'lajakdir hamda shayton jamoasi yuzaga kelajakdir»,- dedilar.
60-bob. Olloh taoloning «Rizqni yolgonga chiqarmangiz!» degan oyati 
karimasi; Ibn Abbosning «rizq» so'zini «shukr» deb talqin qilgani
Zayd ibn Xolid rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida 
Xudaybiyada yomg'irdan namiqqan yerda (bizga imomlik qilib) bomdod namozini 
o'qidilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan so'ng odamlarga o'girilib: 
«Bilurmisiz, rabbingiz ne deydir?»- deb aytdilar. Sahobalar: «Olloh va uning Rasuli 
bilg'aydir»,- deyishdi. «Olloh taolo: «Bandalarimning ba'zilari menga iymon keltirdi, 
ba'zilari ersa, meni inkor qilib, kofir bo'ldi. Kimki yomg'irni Ollohning bandalariga 
yuborgan marhamati, degaydir, ul mo''min bo'lib, sayyoralarni iloh sifatida inkor etgan 
bo'lur, ammo kimki yomg'ir sayyoralarning undoq yokim bundoq bo'lmog'idan, degaydir, 
ul kofir bo'lib, sayyoralarga sig'ingan bo'lur, deb aytdi»,- dedilar Janob Rasululloh».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling