Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. «Quyosh tutildi» deb aytiladirmi yokim «Quyosh kuydi» deb


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

5-bob. «Quyosh tutildi» deb aytiladirmi yokim «Quyosh kuydi» deb 
aytiladirmi?
Olloh taolo: «Va xasafa-l-Qamar (Oy tutildi)»,- deydir.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan 
kuni namoz o'qidilar. O'rinlaridan turib, avval takbiri tahrima aytdilar, so'ng Surai 
«Fotiha»ni o'qib, unga uzun bir surani zam qildilar. Keyin, uzoq ruku' etdilar, so'ng 
«Sami'allohu liman hamidahu» deb qadlarini rostladilar, keyin avvalgidan ko'ra qisqaroq 
qiroat qildilar, so'ng uzoq sajda ayladilar. Ikkinchi rak'atda ham shundoq qildilar, so'ng 
salom berdilar. Quyosh tutilib bo'lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga 
xutba aytdilar. Jumladan, Quyosh va Oyning tutilishi to'g'risida shundoq dedilar: 
«Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini ko'rsatuvchi ikkita dalildir. Ular biror kishining


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
hayoti yokim vafoti tufayli tutilmag'aydir. Agar kim ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, 
namoz o'qingiz!»
6-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo bandalarini Kun 
kuyishi birlan qo'rqitgaydir» degan so'zlari to'g'risida
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Kun birlan Oy Olloh taolo qudratini namoyon qilg'uvchi ikki dalildir. Ular biror kishining 
o'lgani sababli kuymag'aydir, biroq Olloh taolo bu birlan bandalariniqo'rqitg'aydir»- 
dedilar.
7-bob. Quyosh tutilganda namoz o'qiyotib, Ollohdan go'r azobidan asrashini 
so'ramoq
Umra binti Abdurrahmondan: «Bir yahudiy xotin Oisha onamizdan xayr-sadaqa so'rab 
kelib: «Olloh taolo seni go'r azobidan asrasin!» - dedi. Oisha onamiz Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlar qabrda azoblang'aydirmi?» - deb so'radilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan go'r azobidan panoh tilab: «Ha, qabr 
azobi haqdir!»-dedilar. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam saharlab ulov minib 
chiqib ketdilar. Shu kuny Quyosh tutildi. Janob Rasululloh ertalab qaytdilar-da
hujralarining orqasiga o'tib namoz o'qimoqqa tutindilar, odamlar ham Rasulullohning 
orqalarida turib namoz o'qishdi. Janob Rasululloh qiyomda uzoq turdilaru so'ng uzoq 
ruku' qildilar, keyin ruku'dan turib, qiyomda avvalgidan ko'ra kamroq turdilar. So'ng, 
avvalgi ruku'dan qisqaroq ruku'qilib, keyin qadlarini ko'tardilar-da, sajda etdilar. 
Qadlarini rostlagach, qiyomda avvalgidan ko'ra kamroq turdilar, keyin qisqaroq ruku' 
qilib, so'ng qadlarini ko'tardilar-da, sajdaga bosh qo'ydilar. Namozni tugatib o'girilgach, 
Janob Rasulullrh sallallohu alayhi va sallam Olloh xoxlagancha va'z-nasihat ayladilar, 
So'ng, odamlarga Olloh taolodan go'r azobidan najot tilamoqni buyurdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling