Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu* alayhi va sallamning davrlarida 
Quyosh to'tildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat birlan namoz 
o'qidilar. Qiyomda uzoq turdilar, so'ng ruku' qilib, ruku'da ham uzoq turdilar. Keyin, 
qadlarini rostlab, qiyomda uzoq turdilar, lekin ruku'dan avvalgi qiyomga ko'ra kamroq 
turdilar. So'ng, yana ruku' qildilar, ruku'da uzoq turdilar, lekin birinchi ruku'ga nisbatan 
kamroq turdilar. Keyin, sajda qildilar, sajdada ham uzoq turdilar. So'nggi rak'atda ham 
shundoq qildilar. Namoz tugaganda Quyosh tutilib bo'lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam odamlarga xutba aytdilar. Keyin, Ollohga hamdu sanolar aytib: «Quyosh 
birlan Oy Olloh taolo qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini 
ko'rg'aydirsiz, Ollohga sig'inib duo qilingiz, takbir aytingiz va namoz o'qingiz hamda 
sadaqa beringiz!»- dedilar. So'ng, bir oz sukut saqlab turgach: «Ey Muhammad ummati, 
Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, xoh ayol va xoh erkak banda bo'lsin, zino qilsa, 
Ollohdan ko'ra ko'proq g'azablanib, rashk qilg'uvchi zot bo'lmasa kerak! Agar men bilgan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
narsani bilganingizda erdi, ko'proq yig'lab, kamroq kular erdingiz!» - deb qo'shib 
qo'ydilar».
3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bo'lib namoz o'qish uchun odamlarni 
namozga chaqirmoq
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida 
Quyosh tutilganda jamoat bo'lib namoz o'qimoq uchun odamlar chaqirildi»,
4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmog'i
Oisha onamiz va ularning opalari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 
tutilganda odamlarga xutba aytdilar»,- deyishadi.
Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam hayot davrlarida Quyosh tutildi. Buni ko'rib masjidga chiqdilar. Odamlar 
Janob Rasulullohning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh takbiri tahrima aytib namozni 
boshladilar. So'ng, uzoq qiroat qildilar, keyin takbir aytib ruku' qildilar, ruku'da uzoq 
turdilar. So'ng, «Sami'allohu liman hamidahu» deb ruku'dan turdilar. Sajdaga 
bormasdan avval oldingiga nisbatan qisqaroq qiroat qildilar. So'ng, takbir aytib ruku' 
qildilar, ruku'da avvalgiga ko'ra kamroq turdilar, keyin «Sami'allohu liman hamidahu
rabbano va laka-l-hamd» deb sajda qildilar. So'ng, ikkinchi rak'atda ham shundoq 
qildilar. Undan keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to'rt ruku'va to'rt 
sajda qilib ikki rak'at namoz o'qidilar. Quyosh tutilib bo'lganda hali namoz tugamagan 
erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib bo'lgach, o'rinlaridan turib 
Ollohga munosib hamdu sanolar aytdilar, so'ng: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini 
isbotlovchi ikkita dalildyr. Ular biror kishining o'lgani yokim tug'ilgani uchun 
tutilmag'aydir. Agar (kim) ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, namoz o'qingiz!» - dedilar».
Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qilib bergan mazkur hadisga 
monand boshqa bir hadisni Abbos ham hikoya qilib bergan erkanlar: «Zuhriy raziyallohu 
anhu: «Akang - Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada namozi bomdodga 
o'xshash ikki rak'at namoz o'qidi, ortiqcha hech narsa o'qimadi-ku!»-deganlarida, Urva: 
«Ha, to'g'ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb aytgan erkan».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling