Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bolib namoz oqish uchun odamlarni namozga chaqirmoq
- 4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmogi
2-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu* alayhi va sallamning davrlarida Quyosh to'tildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat birlan namoz o'qidilar. Qiyomda uzoq turdilar, so'ng ruku' qilib, ruku'da ham uzoq turdilar. Keyin, qadlarini rostlab, qiyomda uzoq turdilar, lekin ruku'dan avvalgi qiyomga ko'ra kamroq turdilar. So'ng, yana ruku' qildilar, ruku'da uzoq turdilar, lekin birinchi ruku'ga nisbatan kamroq turdilar. Keyin, sajda qildilar, sajdada ham uzoq turdilar. So'nggi rak'atda ham shundoq qildilar. Namoz tugaganda Quyosh tutilib bo'lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xutba aytdilar. Keyin, Ollohga hamdu sanolar aytib: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, Ollohga sig'inib duo qilingiz, takbir aytingiz va namoz o'qingiz hamda sadaqa beringiz!»- dedilar. So'ng, bir oz sukut saqlab turgach: «Ey Muhammad ummati, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, xoh ayol va xoh erkak banda bo'lsin, zino qilsa, Ollohdan ko'ra ko'proq g'azablanib, rashk qilg'uvchi zot bo'lmasa kerak! Agar men bilgan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy narsani bilganingizda erdi, ko'proq yig'lab, kamroq kular erdingiz!» - deb qo'shib qo'ydilar». 3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bo'lib namoz o'qish uchun odamlarni namozga chaqirmoq Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutilganda jamoat bo'lib namoz o'qimoq uchun odamlar chaqirildi», 4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmog'i Oisha onamiz va ularning opalari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda odamlarga xutba aytdilar»,- deyishadi. Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayot davrlarida Quyosh tutildi. Buni ko'rib masjidga chiqdilar. Odamlar Janob Rasulullohning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh takbiri tahrima aytib namozni boshladilar. So'ng, uzoq qiroat qildilar, keyin takbir aytib ruku' qildilar, ruku'da uzoq turdilar. So'ng, «Sami'allohu liman hamidahu» deb ruku'dan turdilar. Sajdaga bormasdan avval oldingiga nisbatan qisqaroq qiroat qildilar. So'ng, takbir aytib ruku' qildilar, ruku'da avvalgiga ko'ra kamroq turdilar, keyin «Sami'allohu liman hamidahu, rabbano va laka-l-hamd» deb sajda qildilar. So'ng, ikkinchi rak'atda ham shundoq qildilar. Undan keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to'rt ruku'va to'rt sajda qilib ikki rak'at namoz o'qidilar. Quyosh tutilib bo'lganda hali namoz tugamagan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib bo'lgach, o'rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sanolar aytdilar, so'ng: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini isbotlovchi ikkita dalildyr. Ular biror kishining o'lgani yokim tug'ilgani uchun tutilmag'aydir. Agar (kim) ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, namoz o'qingiz!» - dedilar». Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qilib bergan mazkur hadisga monand boshqa bir hadisni Abbos ham hikoya qilib bergan erkanlar: «Zuhriy raziyallohu anhu: «Akang - Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada namozi bomdodga o'xshash ikki rak'at namoz o'qidi, ortiqcha hech narsa o'qimadi-ku!»-deganlarida, Urva: «Ha, to'g'ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb aytgan erkan». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling