Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yomgir qachon yog'mog'ini Ollohdan o'zgasi bilmag'aydir!


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

61-bob. Yomgir qachon yog'mog'ini Ollohdan o'zgasi bilmag'aydir!
AbuHurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshta narsani Olloh taolodan
o'zgasi bilmag'aydir, deganlar»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Royib (inson 
bilolmaydigan) narsalar beshta bo'lib, ularni Ollohning o'zigina bilur, xolos. Ular 
quyidagilar: 1. Ertaga ne bo'lmog'ini bilmas; 2. Homilaning o'g'il yokim qiz erkanini 
bilmas; 3. Ertaga qay yerdan rizqini topib yemog'ini bilmas; 4. Qay yerda o'lmog'ini 
bilmas; 5. Yomg'ir qachon yog'mog'ini bilmas»,- dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
KUN TUTILISHI TO'G'RISIDAGI KITOB 
1-bob. Quyosh tutilganda namoz o'qimoq
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning 
huzurlarida (suhbatlashib o'tirgan) erdik, Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam o'rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib 
ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo'lguncha biz birlan birga ikki 
rak'at namoz o'qidilar (namozni cho'zib o'qidilar), so'ng: «Quyosh va Oy biror kishining 
o'lgani uchun tutilmagaydir. Qachonkim Quyosh yoki Oy tutilganini ko'rg'aydirsiz, tutilib 
bo'lguncha namoz o'qib va duo aytib Olloh taologa iltijo qilingiz!» - dedilar».
Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Quyosh va Oy biror kishining o'lgani uchun tutilmag'aydir, albatta. Lekin, ular Olloh 
taoloning cheksiz qudratga ega erkanligini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning 
tutilganini ko'rg'aydirsiz, tezda o'rningizdan turib namoz o'qingiz!»- degan erkanlar. Buni 
menga Abu Mas'ud aytdi».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug'ilgani uchun tutilmashydir. 
Lekin, Quyosh birlan Oy Olloh taoloning qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim, 
ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, namoz o'qingiz!»-deganlar».
Mug'ira ibn Shu'ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning davrlarida Rasulullohning o'g'illari Ibrohim vafot etgan kuni Quyosh tutildi. 
Shunda odamlar: «Ibrohim vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy'biror kishining vafot etgani yokim 
tug'ilgani uchun tutilmag'aydir, qachonkim ularning tutilganini ko'rg'aydirsiz, namoz 
o'qib va duo aytib, Ollohga sig'iningiz!» - deb aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling