Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yomg'ir so'rab namoz o'qiganda ovoz chiqarib qiroat qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

48-bob. Yomg'ir so'rab namoz o'qiganda ovoz chiqarib qiroat qilmoq
Ibod ibn Tamim rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan 
odamlarga yomg'ir so'rab bermoq uchun namozgohga chiqdilar, qiblaga yuzlanib duo 
qildilar. Keyin ridolarini yaxshilab tuzatib old ilar-da, ovoz chiqarib qiroat birlan namoz 
o'qidilar».
49-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yomg'ir so'rayotganda) 
odamlarga qanday qilib orqa o'girib turdilar?
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni 
Ollohdan odamlarga yomg'ir so'rab namozgohga chiqqan kunlari ko'rdim. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam odamlarga orqalarini o'girdilar-da, qiblaga qarab duo qildilar. 
So'ng, ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak'at namoz o'qidilar. Qiroatlari bizga aniq 
eshitilib turdi».
50-bob. Yomg'ir so'rab o'qiladirgan namoz ikki rak'atdir
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Ollohdan yomg'ir so'rab, ikki rak'at namoz o'qidilar. Namozdan avval ridolarini yaxshilab 
tuzatib olgandilar».
51-bob. Namozgohga chiqib yomg'ir so'ramoq
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat . qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namozgohga chiqib yomg'ir so'radilar. Ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak'at namoz 
o'qidilar. Abu Sufyonga Al-Mas'udiy, unga esa Abu Bakr bunday degan erkanlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini o'ngdan chapga o'rab, tuzatib oldilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
52-bob. Yomg'ir so'rayotganda qiblaga qarab turmoq
Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Olloh taolodan yomg'ir so'rab namoz o'qigani odamlar birlan namozgohga chiqdilar. 
Ridolarini tuzatib oldilar-da, qiblaga qarab duo qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling