Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yomg'ir so'rashda jum'a namozning o'zi bilangina kifoyalanmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

41-bob. Yomg'ir so'rashda jum'a namozning o'zi bilangina kifoyalanmoq
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko'chalar huvillab qoldi»,-dedi. 
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilib edilar, jum'adan jum'agacha 
yomg'ir yog'di. Boyagi kishi yana kelib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, ko'chalar 
huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi, Olloh taolodan so'rangiz, yomg'irni to'xtatsin!»-dedi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, adirlarga, past-tekisliklarga, vodiylarga, 
ekinzor va o'tloqlarga yog'dirg'il!» - deb duo qildilar. Yechilgan kiyim badanni qandoq 
tark 'etsa, bulut ham Madina osmonini shundoq tark etdi».
42-bob. Yomg'ir ko'p yog'ib, ko'chalar huvillab qolganda duo aytmoq
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, (qurg'oqchilikdan) chorva qirilib ketdi, ko'chalar 
huvillab qoldi, Olloh taolodan yomg'ir so'rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam duo qildilar, jum'adan jum'agacha yomg'ir yog'di. So'ng, bir kishi kelib 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh. uylar buzildi, ko'chalar huvillab 
qoldi, chorva qirildi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo'l 
ochib: «Ilohi, tog' cho'qqilariga, adirlaru vodiylarga, ekinzoru o'tloqlarga yog'dirg'il! - 
dedilar. Bulut Madinadan «echilgan kiyimdek» chiqib ketdi».
43-bob. Jum'a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg'ir 
so'raganlarida ridolarini yaxshilab o'rab olmaganlari to'g'risida aytilgan gaplar
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
chorvasi halok bo'lganiyu ahli ayolining qiynalib qolgani to'g'risida shikoyat qildi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg'ir so'rab duo qildilar».
Mazkur hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ridolarini yaxshilab o'rab 
olganlari haqida ham, qiblaga qarab duo qilganlari to'g'risida ham hech narsa 
deyilmagan.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling