32-bob. Safarda vitr o'qimoq
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda qayoqqa
qarab ketayotgan bo'lsalar, o'sha tomonga qarab ulov ustida imo-ishora birlan, kechasigi
nafl namozlarini o'qib ketaverar erdilar. Lekin, farz va vitr namozlarini ulov ustida
o'qimas erdilar».
33-bob. Ruku'dan avval va ruku'dan keyin Qunut duosini o'qimoq
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod
namozida Duoi Qunutni o'qirmidilar?» - deb Anasdan so'rashdi. «Ha, o'qir erdilar»,-
dedilar. «Ruku'dan avval o'qiganmilar?» - deyishdi yana. «Ruku'dan bir oz keyinroq»,-
dedilar».
Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan Duoi Qunut to'g'risida
so'radim. «Qunut - shar'iy, bor narsa» ,— dedilar. «Ruku'dan avvalmi yokim keyinmi?» -
dedim. «Ruku'dan avval» ,— dedilar. «Menga falonchi aytdikim, siz «Ruku'dan keyin»
degan emishsiz?!» -dedim. «Yolg'on aytibdir!-dedilar Anas ibn Molik, - gap shundakim,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oygina ruku'dan keyin Qunut o'qiganlar.
O'shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetmishga yaqin qorilarni mushrik
qavmlardan biriga (islomga da'vat qilgani) yuborgan erdilar. Har ikki tomon o'rtasida
sulh tuzilganligiga qaramay, mushriklar qorilarni o'ldirishgan erdi. Shu boisdan
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy mobaynida besh vaqt namozning oxirgi
rak'atlarida o'ldirganlarni duoi bad qilib Qunut duosini o'qigandilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy
davomida besh vaqt namozning oxirgi rak'atlarida Ra'I va Zakvon qabilalarini duoi bad
qilib, Qunut duosini o'qidilar».
Anas raziyallohu anhu: «Qunut shorn va bomdod namozlarida o'qilar erdi»,-deydilar.
34-bob. Olloh taolodan yomg'ir so'ramoq; Janob Rasulullohning yomg'ir so'rab
iltijo qilganlari
Ibod ibn Tamimning amakilari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam Olloh taolodan yomg'ir so'ramoq uchun (namozgohga) chiqdilar, so'ng ridolarini
tanalariga yaxshilab o'rab olib, iltijo qila boshladilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |