Temir yo’l tuzilishi


Download 0.51 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1467377
  1   2   3
Bog'liq
TEMIR YO’L TUZILISHI


TEMIR YO’L TUZILISHI

Reja:


1. Temir yo‘l transportining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi
2. Rossiyada temir yo‘l transportining rivojlanish tarixi

Ilk bor temir yo‘l sifatida metallurgiya zavodi sexlarida va konlarda ichki texnologik tashishlar uchun izli yo‘llar qo‘llangan. Yog‘och izli yo‘llar orqali arqon va suv charxpalagi yordamida ruda ortilgan aravachalar (vagonetka) harakatlangan. Keyinchalik yog‘och izlarning ustini temir lentalar bilan qoplab, harakatni yengillashtirishga erishilgan. XVIII asr oxirida birinchi cho‘yan izli yo‘llar paydo bo‘lgan va aravachalar otli ulov yordamida harakatlangan. Ammo, ular sanoatda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi davridagi talablarni qondira olmagan.


Rossiyalik ixtirochi P.P.Polzunov va ingliz ixtirochisi D.Uatt tomonidan bug‘ mashinasining yaratilishi mexaniq kuch bilan tortish imkonini berdi.
1803-yilda ingliz ixtirochisi R. Trevitik tomonidan birinchi transport mashinasi- parovoz yaratilib izli yo‘l bo‘ylab bug‘ mashinasi yordamida harakatlantirildi (rasm 2.1). Avvaliga harakat bug‘ mashinasidan g‘ildiraklarga tishli uzatish orqali berildi.



. Birinchi parovoz


1814-yilda angliyalik Dj. Stefenson o‘zining «Blyuxer» nomli birinchi parovozini yaratdi va 1823-yilda Darlington shahrida birinchi parovoz quruvchi zavodni ishga tushirdi.


Dj.Stefenson rahbarligida Stokton-Darlington oralig‘ida umumfoydalanish uchun mo‘ljallangan 21 km uzunlikdagi birinchi temir yo‘l qurilib, 1825-yil 27-sentabrda tantanali ravishda ishga tushirildi. Birinchi poezdni Dj. Stefensonning o‘zi boshqardi.
Angliyadan keyin temir yo‘llar boshqa davlatlarda ham qurila boshladi. 1830-yili AqShda, 1832-yili Fransiyada, 1835-yili Germaniya va Belgiyada va, nihoyat, 1837-yilda Rossiyada temir yo‘llar qurila boshlandi.


2. Rossiyada temir yo‘l transportining rivojlanish tarixi

Ural zavodchilari Demidovlar qo‘lida ishlagan Nijniy Tagil zavodi mexanigi ota-o‘g‘il Ye.A.Cherepanov va M.Ye.Cherepanovlar Rossiyada birinchi parovoz va birinchi temir yo‘lni qurib, 1834-yil avgustida ishga tushirdilar (rasm 1.2). Ikkinchi parovoz 1835-yilda qurilib, temir yo‘llarning uzunligi 3,5 kilometrga yetkazildi va unda yuklardan tashqari yo‘lovchilar ham tashila boshlandi. Ammo Cherepanovlarning bu ixtirolariga ularning tiriklik chog‘larida e’tibor qilinmadi.





Parovoz

Faqat, 1834-yilda Rossiyaga kelib temir yo‘l qurilishini asoslab bergan Vena universitetining professori F.A.Gerstnerning taklifi bilan umumfoydalanish uchun Rossiyada birinchi temir yo‘l S.Peterburgdan sarskoe selogacha 27 km uzunlikda qurildi. Unda 42 ta katta bo‘lmagan yog‘och ko‘priklar, besh stansiya qurib bitkazildi va 1837-yilning 11-noyabrida foydalanish uchun rasmiy ravishda ishga tushirildi. sarskoe selo temir yo‘li Rossiya uchun temir yo‘llarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Shundan keyingi davrda Peterburg va Moskva shaharlari orasida 651 km uzunlikda bo‘lgan ikki yo‘llik murakkab injenerlik yechimlariga ega bo‘lgan magistral temir yo‘l qurilib, 1851-yil 1-noyabrda rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu yo‘lda 34 stansiya va 184 ko‘prik qurildi. Temir yo‘lning kengligi 1524 mm qilib belgilandi. Birinchi poezd yo‘lovchi poezdi bo‘lib, Moskvaga 27 soat ichida yetib keldi.
Keyingi temir yo‘llar qurilishi davriy o‘zgarishlar bilan davom etdi. XIX asrning 60-80 yillari orasida temir yo‘llarda tezkor rivojlanish davri kuzatildi. 1891-yildan Buyuk Sibir temir yo‘li jadal qurila boshlandi va Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling