Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namoz sajdasi haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. Quyosh tutilganda oqiladirgan namozni jamoat bolib oqimoq
8-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namoz sajdasi haqida
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutilganda odamlar jamoat birlan namoz o'qimoq uchun chaqirildilar. Shunda Rasululloh sallallohu ayaayhi va sallam ikki marta ruku' qilib, bir marta sajda etdilar. Keyin, turib yana ikki marta ruku'va bir marta sajda qildilar., So'ng, o'tirdilar. Quyosh ham tutilib bo'ldi. O'shanda Oisha onamiz: «Bu namozdan ko'ra uzunroq namoz o'qimagan erdim»,- degan erdilar». 9-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namozni jamoat bo'lib o'qimoq Ibn Abbos Zam-zam supasida jamoat birlan namoz o'qidilar, uning o'g'li Ali ersa, odamlarni namozga to'pladi, Ibn Umar ham jamoat birlan namoz o'qidilar. Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh davrlarida Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qimakka tutindilar. Surai «Baqara» qiroatiga ketgan vaqtcha qiyomda turdilar, keyin yuz oyat o'qimakka ketgan vaqtcha ruku' qildilar, so'ng qadlarini rostlab, «ON Imron» surasini o'qimakka ketgan vaqtcha qiyomda turdilar. Bu gal oldingi qiyomda turganlaridan ko'ra kamroq vaqt sarf ayladilar. Keyin, uzoq ruku' qildilar, bunga ham oldingisiga nisbatan kamroq vaqt sarf etdilar, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy keyin sajda qildilar. So'ng, uzoq qiyomda turdilar, bunisi avvalgisidan qisqaroq bo'ldi, keyin uzoq ruku' qildilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo'ldi, keyin uzoq qiyomda turdilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo'ldi, keyin uzoq ruku' etdilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo'ldi, keyin sajda ayladilar. Namozni o'qib bo'ldilar hamki, Quyosh tutilib bo'ldi. Janob Rasululloh odamlarga o'girilib bunday dedilar: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilmog'i biror kishining hayoti yokim mamoti birlan bog'liq ermas. Agar ularning tutilganini ko'rsangiz, Ollohni zikr qilingiz!» - dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, biz sizning turgan o'rningizda bir narsaga qo'l uzatib olmoqchi bo'lganingizni, keyin orqaga tisarilganingizni ko'rdik»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatni ko'rdim va bir shingilga qo'l uzatdim. Agar ololg'ay erdim, dunyo turguncha yeb ado qilolmagan bo'lur erdingiz. Keyin, do'zaxni ham ko'rdim, bugungidek qo'rqinchliroq manzarani ko'rmaganmen. Qarasam, do'zax ahlining ko'pchiligi xotinlar erkan»- dedilar. Sahobalar: «Ne uchun ko'pchiligi xotinlar, yo Rasululloh?»- deyishdi. «Ollohga noshukurchiliklari, erlarining qadriga yetmaganliklari va erlarining yaxshilig'larini bilmaganliklari uchundir. Agar xotinlarning birontasiga bir umr yaxshilig' qilg'aydirsen-u, so'ng sendan bir yomonlik ko'rg'aydir, sendan hech yaxshilig' ko'rmadim, deydir»,- dedilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling