Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
atadilar. Ibn Umar va Ibn Abbos 4 burudlik (16 farsah - 36 km) yo'lga
chiqsalar,
namozni qasr qilib, ro'zani ochar erdilar.
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xotin kishi 3
kecha-
yu kunduzlik yo'lga yolg'iz o'zi safar qilmag'aydir, balkim mahrami birlan birga safar
qilg'aydir»,- deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh
taologa va
oxirat kuniga ishongan xotinning mahramsiz yolg'iz o'zi bir kecha-yu kunduzlik yo'lga
safar qilmog'i joiz ermas»,- deydilar».
5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o'qiyveradir
Hazrat AN safarga chiqdilar. Yo'lda ketayotib, hali uylari ko'rinib turgan bo'lsa ham,
namozni qasr o'qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana,
Kufa ham
ko'rinib qoldi, endi namozni to'liq o'qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat AN: «Yo'q, to shaharga
kirmaguncha to'liq o'qimasmiz»,- deb javob qildilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o'qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda
ersa, ikki rak'at asr o'qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak'at, deb farz qilingan erdi.
Safarda shul ikki rak'atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to'rt rak'at qilib to'ldirildi. Zuhriy:
«Oisha onamiz «to'ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,-
deb Urvadan
so'radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya'ni, namozni to'rt rak'at o'qymoq
to'g'risida) ne degan bo'lsalar, o'shani nazarda tutdilar»,- dedi».
Do'stlaringiz bilan baham: