Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o'qishga


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o'qishga 
majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari) 
Fotimani va (kuyovlari) Hazrat Alini (ikkalalaridan ham Olloh rozi bo'lsin!) 
eshikni taqillatib, tungi namozga uyg'otganlari
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bir kuni kechasi uyg'onib: «Subhonalloh, bul kecha nechuk fitnalar va nechuk xazinalar 
nozil bo'ldi erkan?! (ya'ni, kimlarga azob va kimlarga rahmat nozil bo'ldi erkan?!). Kim 
hujralarda yotganlarni uyg'otg'aydir! Yo rab, bu dunyoda kiyimliklar u dunyoda 
yalang'ochdirlar!» — dedilar».
Hazrat Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam men birlan qizlari Fotimani eshikni taqillatib uyg'otdilar-da, «Namoz 
o'qisalaringiz bo'lmaydirmi?» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, jonimiz Olloh 
taoloning qo'lidadir, egar bizni uyg'otmoqni xohlasa, o'zi uyg'otg'aydir»,— degan erdim
menga bir so'z ham aytmadilar. Biroq qaytib ketayotganlarida qo'llarini sonlariga urib: 
«Inson o'zi azaldan shundoq aytishqoq erdi»,— deganlarini eshitdim».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga farz 
bo'lib qolmog'ini qo'rqib o'zlariga yoqqan ba'zi bir amallarni qilmas erdilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam «Zuho» namozini o'qiganlarida, albatta men ham birga 
o'qiydirman».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi 
masjidda namoz o'qidilar, ularga ergashib, bir qancha kishilar ham o'qishdi. Ertasi kuni 
kechasi odam ancha ko'paydi. Uchinchi va to'rtinchi kechaga borib ersa, nihoyatda 
ko'payib ketdi. Kelasi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar. 
Tong otgach, bomdod namozidan so'ng: «Tarovih namozi o'qiydirman, deb qilgan sa'yu 
kushishingizni ko'rib xursand bo'ldim. Oldingizga chiqmog'imga hech narsa mone'lik


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
qilgani yo'qdir. Ammo, kechasi namoz o'qimoq sizlarga farz bo'lib qolmog'idan 
qo'rqg'aymen»,— dedilar. Bu voqea Ramazon oyida bo'lgan erdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling