Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam tungi namozni qanday o'qir
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari va uyqulari togrisida qamda kechasi namoz oqishning farz ekanligini bekor qilmoq togrisida
7-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam tungi namozni qanday o'qir
erdilar? Rasululloh sallallohu alayqi va sallamning tungi namozlari necha rak'at bo'lardi? Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, tungi namoz nechuk o'qilur? - dedi. «Ikki-ikki rak'atdan bo'lg'aydir, tong otib qoldimikin, deganingda ersa, bir rak'at o'qib, vitr qilg'aysen»,-dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari 13 rak'at bo'lur erdi. Har 2 rak'atdan so'ng salom berar erdilar». Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan Rasulullohning tungi namozlari haqida so'radim. Oisha onamiz: «Gohida 7 rak'at, gohida 9 rak'at va ba'zan 11 rak'at bo'lar erdi, bomdod namozining 2 rak'at sunnati bunga kirmaydir»,- dedilar». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak'at namoz o'qir erdilar, bunga vitr va bomdodning 2 rak'at sunnati ham kirg'aydir». 8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari va uyqulari to'g'risida qamda kechasi namoz o'qishning farz ekanligini bekor qilmoq to'g'risida Olloh taolo tungi namoz to'g'risida bunday deydir: «Ey burkanib yotgan Payg'ambar alayhissalom, kechasi turib namoz o'qig'il, tunning ozroq qismida (yokim yarmida yokim undan ham ozrog'ida yokim sal ko'prog'ida) uxlag'il! Qur'oni Kariymni shoshilmasdan, tartib birlan o'qig'il, Biz senga bul dunyoda amal qilmoq og'ir, biroq oxiratda tarozi bosadirgan oyati kariymalar nozil qilg'aydirmiz. Kechasi turib namoz o'qimoq qiyin bo'lsa ham, matni zehnga mustahkam o'rnashg'aydir. Sening kunduzi ko'p toat-ibodat qilmog'ingni bilurmen». Olloh taolo yana bunday deydir: «Olloh taolo tuni birlan ibodat qilib chiqmoqqa qurbingiz yetmaslig'in bilur, shuning uchun ham sizlarni kechirg'aydir. Kechasi qo'lingizdan kelganicha namoz o'qingiz! Olloh taolo ba'zi biringizning bemor ekanlig'ingizni, ba'zi biringizning rizq istab, dunyo kezib yurganingizni va ba'zi biringizning Olloh yo'lida g'azot qilayotganingizni bilg'aydir. Shuning uchun qo'lingizdan kelganicha Qur'on tilovat qilingiz, namoz o'qingiz, zakot beringiz va Olloh yo'lida xayr- sadaqalar qilingiz! Bu dunyoda neki yaxshilig' qilg'aydirsiz, oxiratda Olloh huzurida buning evaziga o'ylaganingizdan ko'ra ko'proq savob topg'aydirsiz!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Oyatdagi «Noshiat al-layli» degan ibora habashchasiga kechasi turib tahajjud namoz o'qimoqni bildirg'aydir»,- deydilar. Imom Buxoriy: «Ashaddu vat'an» degan ibora Qur'on oyatlarining kishi qulog'i, 'ko'zi va qalbiga yaxshi o'rnashuvchan erkanlig'ini anglatg'aydir»,- deydilar. Anas raziyallohu anhu Humaydga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ayrim kunlari ro'za tutmay yurar erdilar, hatto butunlay ro'za tutmasalar kerak, deb o'ylar erdik, ba'zi kunlari ersa, qatorasiga ro'za tutar erdilar, hatto endi og'iz ochmasalar kerak, deb o'ylar erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechasi qachon namoz o'qimaklarini bilmoqchi bo'lib, qay vaqt bormang, o'shal vaqtda namoz o'qiyotganlarini ko'rar erdingiz, shuningdek qachon uxlamaklarini bilmoqchi bo'lib, qay vaqt bormang, o'shal vaqtda uxlayotganlarini ko'rar erdingiz». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling