14-bob. Kecha-yu kunduz tahoratli yurmoqning fazilati
AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod
namozi oldidan Bilolga: «Ey Bilol, qani aytg'il-chi menga, islom yo'lida qilgan eng savobli
ishing qaysidir? Chunkim men jannatda yonginamda sening oyoq tovushlaringni
eshitdim»,-dedilar. Bilol: «Men kechasimi, kunduzimi, doimo tahorat olib yurg'aydirmen
va shul tahoratim birlan menga buyurilgan hamma namozlarni o'qig'aydirmen»,-
dedilar».
15-bob. Ibodatni qiyinlashtirib yuborishning makruhligi to'g'risida
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga
kirsalar, masjidning ikki ustuniga arqon bog'lab qo'yilgan erkan. Shunda, «Bu nechuk
arqondir?» - deb so'radilar. «Bu - Zaynab onamizning arqonlari. Namoz o'qiyotganlarida
shunga osilib qiyomga turg'aydirlar»,- deyishdi sahobalar. Rasululloh: «Bunday
qilmangiz, har kim quvvatiga qarab namoz o'qisin, qiyomga turolmasa, o'tirib o'qisin!»-
dedilar».
Oisha opamiz rivoyat qiladirlar: «Baniy Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda
o'tirgan erdi. Shul payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib kelib: «Bu ayol
kimdir?»-deb so'radilar. «Bu - o'shal, kechasi uxlamay namoz o'qib chiqadyrgan ayol»,-
dedim. So'ng, mazkur ayolning nechuk namoz o'qimoga to'g'risida so'zlashdik. Shunda
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bunday qilmangiz, amali solihlarni qurbingyaz
yetgancha ado etingiz, qancha ibodat qilsangiz ham, Olloh taologa malol kelmaydi-yu,
biroq o'zingizga malol kelib qolmasin!» -dedilar».
16-bob. Kechalari ibodat qiladirgan odamning tarki odat qilmog'i makruh
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam menga: «Ey Abdulloh, falonchi qabilida ish tutmag'il! Ul kechalari turib ibodat
qilur erdi, endi ersa, tarki odat qildi»,- dedilar».
17-bob.
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga:
«Sening to'g'ringda menga aytgan so'zlari to'g'rimi? Sen kechalari turib ibodat qilur
erkansan, kunduzi ersa, ro'za tutar erkansan?» - dedilar. Men: «Ha, shundoq
qilurmen»,- dedim. «Agar shundoq qilur ersang, ko'zing kirtayg'aydir, sillang qurig'aydir,
axir, badaningning ham, bola-chaqangning ham senda haqqi bordir-ku! Ba'zi kunlari
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ro'za tutg'il, ba'zi kunlari tutmag'il, kechaning ayrim soatlarida ibodat qilgil va ayrim
soatlarida uxlab dam olg'il!» - dedilar Janob Rasululloh».
Do'stlaringiz bilan baham: |