Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismini bedor o'tkazgan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

12-bob. Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismini bedor o'tkazgan 
kishi
Salmon Forsiy Abu Dardo' raziyallohu anhuga: «Tunning birinchi qismida uxlab, uning 
oxirgi qismida uyg'oq bo'lg'il! Rasululloh shunday deganlar»,- deb aytdilar.
Asvad raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 
nechuk namoz o'qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so'radim. Oisha onamiz: 
«Kechaning birinchi qismida uxlab, oxirgy qismida namoz o'qir erdilar. Keyin, jimo' 
qilgilari kelsa, to'shakka kelib yotar erdilar. Muazzin kelib azon aytganda, agar lozim 
bo'lsa, g'usl qilar erdilar, lozim bo'lmasa, tahorat olib namozga chiqar erdilar».
13-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon va boshqa kunlari 
kechasi turib namoz o'qiganlari haqida
Abu Salama raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari 
nechuk namoz o'qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so'radilar. «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning Ramazon oyida ham, boshqa oylarda ham kechasi turib o'qiydirgan 
namozlari 11 rak'atdan oshmas erdi,- dedilar Oisha onamiz,- avval 4 rak'at o'qir erdilar. 
Har bir rak'atni naqadar uzoq va maromiga yetkazib ado etmaklarini so'ramasang ham 
bo'lur. Keyin, yana to'rt rak'at o'qir erdilar, buni ham shu qadar uzoq va maromiga 
yetkazib ado etar erdilarki, asti qo'yavergil! Undan so'ng, yana uch rak'at namoz o'qir


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, vitr 
o'qimay uxlaydirmisiz?» - desam, Ey Oisha, ko'zim uxlaydir-u, qalbim uxlamaydir»,- deb 
javob qildilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi 
namozning har bir rak'atida o'tirib qiroat qilganlarini ko'rmadim. Faqat, keksayib 
qolganlaridagina kechasi nafl namozini o'tirib o'qir erdilar, shunda ham 30-40 oyat 
qolganda o'rinlaridan turib o'qir erdilar, keyin ruku' qilar erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling