Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

3-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 
shanba kuni Qubo masjidiga goh piyoda, goh ot.minib kelar erdilar». (Buni ko'rib 
Abdulloh ibn Umar ham shundoq qilar erdilar).
4-bob. Qubo masjidiga ot minib yokim piyoda kelmoq
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam 
Qubo masjidiga goh otda, goh piyoda kelar erdilar». Ibn Numayr yuqoridagi hadisga 
qo'shimcha qilib: «Ibn Umar Qubo masjidiga kelgan zahoti ikki rak'at namoz o'qib, so'ng 
o'tirar erdi»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan 
minbarlari orasida namoz o'qimoqning fazilati
Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Uyim birlan minbarim oralig'idagi joy jannat bog'laridan birid ir!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan 
minbarim oralig'idagi joy jannat bog'laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim 
qirg'og'ida bo'lg'aydir»,- deb aytganlar».
6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida
Ziyodning ozod qilingan quli Qaz'a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa'id al-Xudriy Janob 
Rasulullohdan eshitgan to'rt vasiyatni aytib, meni taajjubga sold ilar, xursand qildilar.
Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo'lga yolg'iz o'zi safar qilmag'aydir, balkim eri 
yokim bir mahrami birlan safar qilg'aydir; ikki hayit kuni ro'za tutilmag'aydir; 
bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan so'ng kun botguncha namoz o'qilmag'aydir; 
faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko'proq 
savob topg'aydirsiz!»


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling