Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Shunda Bilol Abu Bakrning oldiga kelib: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam ushlanib
qoldilar, siz o'rnilariga imomlik qilmag'aymisiz?»— dedi. Abu Bakr: «Mayli, agar
istasangiz»,— deb rrzi bo'ldilar. Keyin, Bilol azon aytdi. Abu Bakr ersa, mehrobga o'tib
namoz boshladilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar-da,
odamlarni
oralab o'tib, birinchi safga turdilar. Odamlar (Abu Bakrga Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam kelganlarini bildirmoq uchun) chapak chala boshladilar. Abu Bakr shunda ham
sezmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chalganlaridan
keyingina atrofga alanglab
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning birinchi safda turganlarini ko'rib qoldilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «O'rningda turavyorg'il!» deb ishora qildilar.
Shunda Abu Bakr qo'llarini ko'tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o'tib, namozni davom ettirdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: