Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
1-bob. Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara masjidlarida o'qilgan
namozning fazilatlari to'g'risida
Qaz'a raziyallohu anhuga Abu Sa'id (Janob Rasululloh birlan birga 12 ta g'azotda
qatnashgan): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi to'rt nasihatni
eshitganman»
debdir: «Xotin kishi ikki kunlik yo'lga faqat mahrami yo'ldoshlig'ida
chiqmog'i lozim; ikkala hayitda ro'za
tutmaslik kerak; bomdoddan keyin kun chiqquncha
va asrdan keyin kun botguncha namoz o'qimoq yaramaydir; ko'proq
savob olurmen
degan odam Al-Masjid al-Haromga (Ka'batullohda), Masjid ur-Rasul sallallohu alayhi va
sallamga (Madinada) va Masjid ul-Aqsoga (Quddusda) chiqmog'i lozimdir».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko'proq savob
olurmen degan odam boshqa masjidlarga izg'imay,
faqat Al-Masjid al-Harom, Masjid ur-
Rasul sallallohu alayhi va sallam. va Masjid ul-Aqsoga chiqsin!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening
masjidimda o'qilgan bitta namoz mingta namozdan savobliroq bo'lib, unga faqat Al-
Masjid al-Haromda o'qilgan namozgina tenglasha olg'aydir»,- deganlar».
2-bob. Qubo masjidi haqida
Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu faqat ikki kun -
Makkaga va Qubo masjidiga kelgan kunlari zuho namozi o'qir erdilar. Makkaga aynan
zuho namozi o'qiladirgan vaqtda yetib
kelar erdilar-da, Baytullohni tavof aylab, so'ng
Maqomi Ibrohimda ikki rak'at namoz o'qir erdilar. Qubo masjidiga ersa,
har shanba kuni
kelib, namoz o'qimasdan ketmas erdilar. Ibn Umar menga bunday degan erdilar:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ba'zan otliq, ba'zan piyoda Masjid ul-Quboni
ziyorat qilur erdilar, sahobai kiromlar ham shundoq qilishg'aydir, men ham ulardan
o'rnak olib shundoq qilmoqdamen.
Men hech kimning, xoh kunduzi va xoh kechasi
bo'lsin, istagan vaqtda namoz o'qimog'iga mone'lik qilmasmen, faqat kun chiqayotgan
yokim botayotgan vaqtda o'qimasa, bo'ldi!»
Do'stlaringiz bilan baham: