Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Farz namozidan so'ng nafl o'qimagan kishi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Farz namozidan so'ng nafl o'qimagan kishi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga birdaniga 8 rak'at, keyin 7 rak'at namoz o'qidik»,- dedim. Shunda Amr ibn 
Dinor: «Ey Abu Muso, nazarimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning 
qazosini asrga, shomning qazosini xuftonga qo'shib o'qidilarmi, deyman»,- dedi. «Men 
ham shundoq bo'lsa kerak, deb o'ylayman»,- dedim».
3-bob. Safarda zuho namozi o'qimoq haqida
Muvarriq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umarga: «Zuho namozini 
o'qiydirsizmi?» - dedim. «Yo'q»,- dedi. «Usmon-chi»? - dedim. «Yo'q»,- dedi. «Abu Bakr 
Siddiq-chi?» - dedim. «Yo'q»,- dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam-chi?» - 
dedim. «Yo'q, deb o'ylayman»,- dedi».
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
zuho namozini o'qiganlari haqida Ummu Honi'dan boshqa biror kishi bizga hadis 
aytmadi. Ummu Honi' bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka 
fath qilingan kuni mening uyimga kirib, g'usl qildilar va 8 rak'at namoz o'qidilar. 
Hanuzgacha men bunchalik tez namoz o'qigan kishini ko'rmaganman. Biroq, tez o'qigan 
bo'lsalar-da, ruku'va sajdalarni me'yoriga yetkazib ado etdilar».
4-bob. Zuho namozini ixtiyoriy deb o'qimagan kishi haqida
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho 
namozini o'qiganlarini ko'rmaganman, biroq o'zim o'qiganman».
5-bob. Muqimlikda zuho namozi o'qimoq
Atbon ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening uyimda 
zuho namozi o'qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik» ,— deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Do'stim Rasululloh sallallohu alayhi va


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sallam menga to o'lgunimcha uch narsaga amal qilmoqni - har oyda uch kun ro'za 
tutmoqni, zuho namozini o'qimoqni va vitr namozidan keyin uxlamoqni vasiyat qildilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir baqaloq ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga: «Yo Rasululloh, men masjidga kelib siz birlan birga namoz o'qimoqqa qodir 
ermasman»,- deb uzrini aytdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun bir 
taom tayyorlab, uyiga chaqirdi. Bir bo'yrani tozalab, yerga solib berdi, Janob Rasululloh 
bo'yra ustida ikki rak'at namoz o'qidilar». Falon ibn Falon ibn al-Jorud: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam zuho namozi o'qirmi erdilar?» - deb Anasdan so'radi. Anas: 
«O'shal kunlardan boshqa kuni o'qiganlarini ko'rmaganman»,- dedi.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling