Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak'at namoz o'qimoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

6-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak'at namoz o'qimoq
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 10 rak'at sunnat 
namozini yodlab (o'rganib) oldim: peshinning farzidan avval ikki rak'at, farzidan keyin 
ikki rak'at, shomning farzidan so'ng ikki rak'at (uylarida o'qidilar) va xuftonning farzidan 
keyin ikki rak'at (uylarida o'qidilar), bomdodning farzidan avval ikki rak'at (bu vaqtda 
Rasululloh huzurlariga birov kirmas erdi). Menga Hafsa opam: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam muazzin azon aytganda (tong otganda) ikki rak'at namoz o'qir 
erdilar»,- deb aytdilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan avvalgi to'rt 
rak'at, farzidan keyingi ikki rak'at hamda bomdodning farzidan avvalgi ikki rak'at 
namozni kanda qilmas erdilar»,- deydilar.
7-bob. Shorn namozidan avval namoz o'qimoq
Abdulloh al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shorn 
namozidan avval ikki rak'at namoz o'qingiz!» - deb uch marta aytganlaridan keyin, 
«Odamlar buni sunnat deb tushunmasinlar, tag'in!» degan o'y birlan: «Xohlagan kishi 
o'qisin!» - deb qo'ydilar».
Marsad ibn Abdullohrivoyat qiladirlar: «Uqba ibn Omir al-Juhaniy huzuriga borib: «Abu 
Tamiym haqida bir so'z aytib, sizni ajablantirayinmi? Ul shorn namozidan avval ikki 
rak'at namoz o'qiydir»,- dedim. Shunda Uqba: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam davrlarida shundoq qilur erdik»,- dedi. «Hozir shundoq qilmog'ingizga ne 
mone'lik qilur?»-dedim. «Ishimning ko'pligi»,-dedi Uqba».
8-bob. Nafl namozlarni jamoat bo'lib o'qimoq haqida
Anas ibn Molik va Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl 
namozlarni jamoat bo'lib o'qimoq lozimligi haqida so'zlaganlarini rivoyat qilishg'aydir.
Mahmud ibn ar-Rabiy' al-Ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ularning 
hovlisidagi quduqdan suv olib yuziga purkaganlarini hamda Rasululloh birlan birga Badr 
jangida qatnashgan Atbon ibn Molikdan eshitganlarini eslab, «Atbon menga bundoq 
degandi»,— dedilar: «Men o'z qavmim bo'lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. 
Qavmim yashaydirgan qishloq birlan mening o'yim oralig'ida bir vodiy bor erdi va 
yomg'ir yoqqanda o'tib bo'lmaydirgan bo'lib qolar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
alayhi va sallam huzurlariga borib: «Mening ko'zim xiralashib qoldi, yomg'ir yoqqanda 
qavmim birlan o'zimning o'rtamdagi vodiyni kesib o'tmoq mening uchun juda og'irdir, 
uyimga borib bir tayinli joyda namoz o'qib bersangiz-u, men o'shal yerni o'zimga 
namozgoh qilib olsam!» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xo'p, shundoq 
qilg'aydirmen»,- dedilar. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyimga kyolib, 
eshigimni taqillatdilar. Men chiqib, ichkariga taklif etdim. Janob Rasululloh o'tirmasdan: 
«Uyingning qay yerida namoz o'qib berayin?» - dedilar. Men o'zim xohlagan joyimni 
ko'rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima aytib namoz 
boshladilar, biz ul kishining orqalarida saf tortib, iqtido qildik. Ikki rak'at namoz o'qib, 
so'ng salom berdilar. Biz ham salom berdik. Keyin, ketmoqchi bo'lgan erdilar, «Siz 
uchun ataylab xazir (taom) tayyorlatib qo'yganman, yeb ketingiz!»- deb qo'ymadim. 
Mahalla ahli Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menikiga kelganlarini eshitib, ul 
zotni ziyorat qilgani kirishdi. Hovlimga odam to'lib ketdi. Qo'shnilarymdan biri: «Molik 
nega ko'rinmaydir?» - dedi. Shunda bir kishi: «Ul munofiq odam, Olloh va uning Rasulini 
yaxshi ko'rmaydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni eshitib: «Undoq 
demag'il, Ollohni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu deganini bilursen-ku!» - dedilar. 
«Olloh va uning Rasuli bilguvchiroqdir, ammo biz Ollohga qasamyod qilib ayturmizkim, 
ul faqat munofiqlar bilaygina do'stlashib, faqat o'shalar birlan hamsuhbat bo'lg'aydir»,- 
dedi boyagi kishi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloni yuz-xotir 
qilib, Lo iloha illa-l-lohu degan kishini Olloh taolo do'zax o'tida kuydirmag'aydir»,- 
dedilar. «Bu voqeani ko'pchilik orasida aytib berdim,- deb hikoya qiladir Mahmud ibn ar- 
Rabiy',- ular orasida o'shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning g'azotda shahid 
bo'lgan sahobalari Abu Ayyub hamda Rum mamlakatiga amir qilib tayinlangan Yaziyd 
ibn Mu'oviya ham bor erdi. Abu Ayyub mening aytganlarimni rad qilib: «Qasamyod qilib 
ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sen aytgan so'zlarni hech qachon 
aytmagan bo'lsalar kerak»,- dedi. Abu Ayyubning bul gapi menga juda og'ir botdi. Agar 
g'azotdan Olloh taolo meni salomat qaytarsa, agar Atbon ibn Molikni tirik topsam, 
mahallasining masjidida albatta undan bu haqda so'rag'aydirmen, deb qasamyod qildim. 
G'azotdan salomat qaytdim, keyin hajga (yokim umraga) ehrom bog'lab, yo'lga 
tushdim-da, Madinai Munavvaraga keldim. Baniy Solim mahallasiga bordim. Qarasam, 
ko'zi ojiz, mo'ysafid Atbon ibn Molik o'z qavmiga imomlik qilib, namoz o'qib turgan 
erkan. Namoz tugab, salom bergach, oldiga borib salom berdim. So'ng, haligi hadisni 
so'radim, Atbon ibn Molik oldin qandoq aytib bergan bo'lsa, xuddi o'shandoq qilib rivoyat 
qilib berdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling