Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bomdod namozining ikki rak'at sunnatini o'qigandan keyin so'zlashib


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

23-bob. Bomdod namozining ikki rak'at sunnatini o'qigandan keyin so'zlashib 
o'tirmoq
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak'at namoz o'qib, 
menga qarar erdilar, agar men uyg'oq bo'lsam, men birlan so'zlashib o'tirar erdilar, agar 
uyg'oq bo'lmasam, yonboshlar erdilar»,-deydilar.
AN ibn Abdulloh «Bomdodning ikki rak'at sunnatida shundoq qilganlar, deyishadi, deb 
Sufyonga aytganimda, ul: «Ha, bomdodning ikki rak'at sunnatida, deb tasdiqladi»,- 
deydilar.
24-bob. Bomdodda ikki rak'at sunnat o'qishni odat qilmoq va bomdodning ikki 
rak'at sunnatini «nafl» degan kishi haqida
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nafl 
namozlarining birortasiga ham bomdodning farzidan avval o'qiladirgan ikki rak'at 
namozga odatlangandek, qattiq odatlangan ermaslar».
25-bob. Bomdod namozining ikki rak'at sunnatida nimalar o'qiladir?
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak'at 
namoz o'qir erdilar, so'ng bomdodga azon aytilganini eshitib, ikki rak'at sunnat o'qir 
erdilar, sunnatda «Qo'l yo ayyuha-l-kofirun» birlan «Qul huva-l-lohu ahad»ni qiroat qilur 
erdilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdodning ikki 
rak'at sunnatini juda qisqa o'qir erdilar, hatto men o'zimga-o'zim: «Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam «Fotiha» surasini o'qidilarmikan?»-deb qo'yardim».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
NAFL NAMOZLAR HAQIDAGI BOBLAR 
1-bob. Farz namozlardan keyin o'qiladirgan nafl namozlar
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga peshin namozidan avval ikki rak'at namoz o'qidim, peshin namozidan keyin 
ham, shorn namozidan keyin ham, xuftondan so'ng ham ikki rak'at namoz o'qidim. 
Jum'aning farzlaridan keyin ham ikki rak'at namoz o'qidim. Ammo, Janob Rasululloh 
shorn va xuftonning sunnatlarini uylarida o'qidilar. Opam Hafsa: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam tong otgach, qisqagina ikki rak'at namoz o'qir erdilar»,- derdilar. O'sha 
paytlarda men Janob Rasulullohning huzurlariga kirmas erdim».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling