Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz
o'qiyotgan har bir mo'min o'z rabbi birlan suhbatlashg'aydir.
Shuning uchun old
tomoniga va o'ng yoniga tupurmasin, chap yoniga yokim oyog'ining ostiga tupursin!» -
dedilar».
13-bob. Erkak kishi, mumkin emasligini bilmasdan imomni biror narsadan
ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir
Yuqorida Sahl ibn Sa'dning shunga doir hadisi keltirib o'tilgan.
14-bob. Agar namozxonga «oldinga o'tg'il yokim kutib turg'il!» deyilsa, kutib
turgani ma'qul
Sahl ibn Sa'd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga
namoz o'qiyotgan odamlar izorlarini kichikligidan bo'yinlariga tang'ib olishar erdi.
Shunda xotinlarga: «Erkaklar batamom o'tirib olgunlaricha boshlaringizni sajdadan
ko'garmangiz!»-deb buyurishar erdi (chunkim erkaklar sajda qilganda avratlari ko'rinib
qolardi)».
15-bob. Namozda salomga alik olinmaydir
Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz
o'qiyotganlarida ham salom berar zrdim. Menga alik olar erdilar. Lekin, bir kuni
Habashistondan qaytib kelganimizda Janob Rasulullohga namoz o'qiyotganlarida salom
bersam, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz o'qiyotib
boshqa narsalarga
chalg'imaslik kerak»,- dedilar».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni
o'zlarining bir hojatlarini bajarib kelmakka yubordilar. Men topshiriqni bajargach, qaytib
kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdim. Rasululloh
sallallohu alayhi
va sallam salomimga alik olmadilar. Birgina Ollohga ayon, o'shanda ancha ko'nglim
ranjidi. O'zimga-o'zim: «Ehtimol, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechikib
qolganim uchun mendan xafa bo'lib yurgandirlar?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi
va
sallamga qayta salom bersam, yana alik olmadilar, dilim avvalgidan ham ko'proq
ranjidi, keyin yana salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu gal
salomimga alik olib: «Salomingga alik olmog'imga namoz mone'lik qildi, men namoz
o'qiyotgan erdim»,-dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam ulov ustida
qibladan boshqa yoqqa qaragan holda namoz o'qiyotgan erdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: