Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Kafanlab qo'yilgan o'lik yotgan uyga kirmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
3-bob. Kafanlab qo'yilgan o'lik yotgan uyga kirmoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Sunuh degan joydagi hovlilaridan ot minib keldilar. Otdan tushib masjidga kirdilar-da, odamlarga gapirmasdan to'ppa-to'g'ri Oisha onamizning hujralariga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rgani kirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (vafot etgan erdilar) yamaniy ko'k to'nlariga o'rab qo'yilgan holda yotar edilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning muborak yuzlarini ochib, quchoqlab o'pdilar. So'ng, yig'lab turib: «Ota-onam sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh! Olloh taolo sizga ikki o'lim bermag'aydir (Kimlardir: «Janob Rasululloh yana tirilg'aydirlar»,- degani uchun shunday dedilar). Ammo, Olloh taolo peshonangizga yozgan o'limni ado etdingiz»,- dedilar». Abu Salama mazkur rivoyatning davomini Ibn Abbos raziyallohu anhudan eshitgan erkanlar, ul kishi bundoq deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu hujradan qaytib chiqqanlarida Umar raziyallohu anhu odamlar birlan so'zlashib turgan erdilar. Abu Bakr Siddiqqa: «O'tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr qattiq xafa bo'lganlaridan o'tirgilari kelmadi. Shunda ul kishi yana: «O'tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr baribir o'tirmadilar. So'ng, Abu Bakr Siddiq Kalimai Shahodat aytdilar, odamlar ul kishiga o'girilib qarashdi. Shunda Abu Bakr: «Ammo ba'd, kimki (shul kungacha) Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilib kelgan ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. Kimki (shul kungacha) Olloh taologa ibodat qilib kelgan ersa, Olloh taolo hamisha tirikdir, ul hech qachon o'lmag'aydir! Olloh taolo Kalomi Sharifida: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam hammangizga o'xshagan insondir, sizlardan farqi shuldirkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidir» degan»,- dedilar (Surai «ON Imron» ning «ash- Shokiriyn» degan joyigacha o'qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, odamlar Olloh taolo ushbu oyati kariymani nozil qilganini bilishmagandek, Abu Bakr Siddiq o'qiganlarida o'rganib old ilar. Ushbu oyatni Abu Bakrdan boshqa biror kishining o'qiganini hech kim eshitmagan erdi». Xorija ibn Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan Umm ul-Alo degan bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nomlarini o'rtaga qo'yib, bay'at qilib (ont ichib) bunday dedi: «Muhojirlardan kim kimning uyida qolmog'ini aniqlamoq uchun o'zaro chek tashlashdik. Shunda Usmon ibn Maz'un bizning chekimizga tushdilar. Biz ul kishini uyimizga joylashtirdik. Keyin birdan betob bo'lib qolib vafot etdilar. Mayyitni yuvib, o'z kiyimiga kafanlashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayyitni (Usmonni) ko'rgani kirgan erdilar, «Olloh rahmat qilsin sizni, ey Usmon! Sizni Olloh taolo mukarram qilganining shohidi bo'lib turibdirmen»,-dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo uni mukarram qilganini qayoqdan bildingiz?» - dedilar. «Otam fido bo'lsin sizga, yo Radulalloh! Olloh taolo shul odamni mukarram qilmasa, kimni mukarram qilg'aydir?!» - dedim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Afsuski, Usmon vafot etdi. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, men uning oxirati baxayr bo'lmogini juda ham istag'aydirman. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o'zim Ollohning rasuli bo'laturib oxiratda nechuk muomala bo'lmog'ini bilmasman» ,— dedilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o'shandan keyin biror mayyitni oldindan jannati deb aytmoqqa jazm qilmadim». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Otam (jangda) o'ldirilgach, yuzlariga yopib qo'yilgan kiyimni yig'lab-siqtab ocha boshladim. Sahobalar meni yig'idan tiymoqqa intilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, meni yig'idan tiymadilar. Ammo, Fotima ham yig'lay boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig'lasang ham, yig'lamasang ham, maloikalar to qabrga olib borgunlaricha qanotlari birlan soya solib turg'aydirlar»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling