Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sajdai sahv qilgandan so'ng «At-Tahiyyot» ni o'qimay salom bergan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

22-bob. Sajdai sahv qilgandan so'ng «At-Tahiyyot» ni o'qimay salom bergan 
kishi xususida
Anas raziyallohu anhu va Hasan Basriy sajdai sahvdan so'ng «At-Таhiyyot»ni


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
o'qimadilar. Qatoda: «Sajdai sahvdan so'ng «At-Tahiyyot» o'qilmaydir»,-deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ikki rak'at o'qib, namozni tugatdilar. Shunda ul kishiga Zulyadayn: «Yo Rasululloh, 
namoz qisqardimi yoki yodingizdan chiqardingizmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam: «Zulyadayn to'g'ri aytayotirmi? »-dedilar. Odamlar: «На»,- deyishdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak'at namoz o'qib, salom berdilar, so'ng 
takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar. Keyin, sajdadan boshlarini 
ko'tarib («At-Tahiyyot» ni o'qimay) salom berdilar-da, o'rinlaridan turdilar».
Salama ibn Alqama rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Sirindan: «Sajdai sahvdan so'ng 
«At-Tahiyyot» o'qilg'aydirmi?» -deb so'radim. «Abu Hurayraning hadisida yo'q-ku!» - 
dedilar».
23-bob. Namozda yanglishgan odam har ikkala sajdai sahvda takbir aytadir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
peshin yokim asr namozida (Muhammad ibn Sirin: «Asr namozida bo'lsa kerak, deb 
o'ylayman»,-deydilar) ikki rak'at o'qib, salom berdilar, keyin o'rinlaridan turdilar-da, 
masjidga kira-verishdagi yog'ochga borib suyandilar. Namozxonlar orasida Abu Bakr va 
Umar ham bor edilar, lekin bu to'g'rida Janob Rasulullohga gapirmoqqa istihola qilishdi. 
Odamlar bir-birlariga «Namoz qisqardimi, namoz qisqardimi?» - deya shoshib masjiddan 
chiqib kela boshladilar. Ularning orasida bir kishi bor erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam uni «Zulyadayn» der edilar. O'sha kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan 
chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi? » - deb so'radi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Esimdan chiqarganim ham yo'q, namoz qisqargani ham yo'qdir»,- dedilar. 
Zulyadayn: «Yo'q, yodingizdan chiqardingiz»,- dedi. Shundan keyin, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak'at namoz o'qib, salom berdilar, so'ng takbir 
aytib, odatdagidek yokim undan uzunroq sajda qildilar. so'ng boshlarini ko'tarib takbir 
aytdilar, Sajdaga boshlarini qo'yayotib ham odatdagidek yokim undan uzokroqtakbir 
aytdilar».
Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam peshin namozida qiyomda turgan erdilar, faqat oxirgi o'ltirmoq qolgan erdi. 
Namozni tugatganlarydan so'ng, salom bermay turib, ikki marta sajdai sahv qildilar. Har 
bir sajdadan keyin, o'tirgan hollarida takbir aytdilar, odamlar ham Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga sahv bo'lgan oxirgi o'tirish evaziga sajda qilishdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling