Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o'qiyotib biror zarurat bilan qo'lini tepaga ko'tarmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

16-bob. Namoz o'qiyotib biror zarurat bilan qo'lini tepaga ko'tarmoq haqida
Sahl ibn Sa'd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning quloqlariga «Baniy Amr ibn Avf qabylasi Qubo masjidida janjallashib 
qolishibdi» degan xabar yetdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha 
sahobalarini olib, ularni yarashtirmoqqa chiqdilar. Muhokama cho'zilib ketib, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti ham bo'ldi. Bilol kelib 
Abu Bakr Siddiqqa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar. Namoz 
vaqti bo'ldi, jamoatga imomlik qilmaydirmisiz? » - dedilar. «Istasangiz, mayli»,- dedilar


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abu Bakr. Bilol azon aytdilar, Abu Bakr Siddiq ersa, mehrobga o'tib takbiri tahrima 
aytdilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib birinchi safga turdilar. 
Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chala boshlashdi. Abu'Bakr shunda 
ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq qarsak chalishgandan keyingina atrofga alanglab 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rib qoldilar. Janob Rasululloh ul kishiga 
«Namozni davom ettiraverg'il» degan ma'noda qo'llari birlan ishora qildilar. Abu Bakr 
qo'llarini tepaga ko'tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam ul kishining birinchi safga kelib turganlarini ko'rib oldinga o'tib 
imomlik qildilar. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga 
qarab: «Ey, odamlar, sizlarga ne bo'ldi o'zi? Xuddi bir narsa bo'lgandek namozda qarsak 
chaldingiz. Qarsak chalmoq xotinlarning ishidir, namoz vaqtida biror kishiga bir nima 
bo'lib qolsa, (imomni ogohlantirmoq uchun) «Subhonalloh» desin!»-dedilar. So'ng, Abu 
Bakrga: «Ey Abu Bakr, namozni davom ettiraveringiz» deb ishora qilganimda, nega 
joyingizda qolavermadingiz?» - dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning oldilariga o'tib, namoz o'qimog'im o'rinli emasdir»,- deb javob qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling