Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak'atida o'tirmasdan turib


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

19-bob. Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak'atida o'tirmasdan turib 
ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda)
Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Besh vaqt namozlardan birida 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qildilar. Shunda ikkinchi rak'atdan 
keyin, o'tirmasdan turib ketdilar. Ketlaridan odamlar ham turishdi. Namozni tugatib, 
salom bermoqlarini kutib turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bermoqdan 
avval, o'tirgan hollarida takbir aytib ikki marta sajda qildilar-da, so'ng salom berdilar».
Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 
namozining ikkinchi rak'atidan so'ng, o'tirmasdan turib ketdilar. Shunda namozni 
tugatgach, ikki marta sajda qilib, keyin salom berdilar».
20-bob. Agar namozxon to'rt rak'atli namozni besh rak'at qilib o'qib qo'ysa...
Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 
namozini besh rak'at o'qib yubordilar. Salomdan so'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga: «Namozning rak'ati ko'paytirildimi?» - deb so'rashdi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Nega bundoq dersizlar?»-dedilar. «Besh rak'at o'qidingiz»,- deyishdi. 
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun (xatoni yuvmoq uchun) yana 
ikki marta sajda qildilar».
21-bob. Namozxon ikkinchi yoki uchinchi rak'atda bilmay salom berib qo'ysa, 
odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bizga imomlik qilib peshin yokim asr namozini o'qidilar. Ikkinchi rak'atga kelganda salom 
berdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Zulyadayn degan kishi: «Yo 
Rasululloh, namoz qisqardimi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sahobalariga qarab: «Zulyadayn to'g'ri aytayotirmi?» - dedilar. Sahobalar: «На»,- deb 
javob berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun yana ikki rak'at 
namoz o'qib, so'ng ikki marta sajda qildilar».
Sa'd rivoyat qiladilar: «Ursh ibn Zubayr bizga imom bo'lib shorn o'qiganida ikkinchi 
rak'atdan keyin salom berdi. So'ng, (biz birlan) bir oz so'zlashgach, namozning qolganini 
o'qib, sajdai sahv qildi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shundoq qilganlar»,- 
dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling