Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan
minbarlari orasida namoz o'qimoqning fazilati
Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Uyim birlan minbarim oralig'idagi joy jannat bog'laridan birid ir!» - deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan
minbarim oralig'idagi joy jannat bog'laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim
qirg'og'ida bo'lg'aydir»,- deb aytganlar».
6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida
Ziyodning ozod qilingan quli Qaz'a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa'id al-Xudriy Janob
Rasulullohdan eshitgan to'rt vasiyatni aytib,
meni taajjubga sold ilar, xursand qildilar.
Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo'lga yolg'iz o'zi safar qilmag'aydir, balkim eri
yokim bir mahrami birlan safar qilg'aydir; ikki hayit kuni ro'za tutilmag'aydir;
bomdoddan
keyin kun chiqquncha, asrdan so'ng kun botguncha namoz o'qilmag'aydir;
faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko'proq
savob topg'aydirsiz!»
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: