Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda qo'lni belga qo'yib turmoq joiz ermas


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

17-bob. Namozda qo'lni belga qo'yib turmoq joiz ermas
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qiyotib 
belni ushlamakni man' qilganlar»,- deydilar.
Umar ibn Ali: «Menga Abu Hurayra aytdilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namozda belga qo'lni qo'yib turmoqni makruh qilgan ermishlar»,-deydilar.
18-bob. Namoz o'qiyotib boshqa bir narsa haqida fikr yuritmoq
Hazrat Umar: «Men namoz o'qiyotib askarlarimni jihodga tayyorlag'ayman»,-degan 
ekanlar.
Uqba ibn Hafsa rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr 
o'qidim. Janob Rasululloh salom berdilar-da, tezda o'rinlaridan turib, xrtinlarining 
hujrasiga kirib ketdilar. Bir ozdan keyin chiqib, qavmlarining yuzlaridagi taajjub 
alomatini ko'rib: «Namoz o'qiyotganimda uyimizda tilla borligi yodimga tushib qoldi, 
men uning tuni birlan uyimizda turib qolmog'ini istamay, odamlarga ulashib bermakni 
buyurdim»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Namozga azon aytilsa, shayton azon ovozi eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel 
chiqarib qochg'aydir. Muazzin to'xtasa, yana kelg'aydir va namozxonga «Uni eslag'il, 
buni eslag'il» deb tokim ul necha rak'at o'qiganini esidan chiqarguncha chalg'itg'aydir»,- 
dedilar».
Abu Salama ibn Abdurrahman: «Qaysi biringiz namozda shu ahvolga tushsangiz, 
tashahhudga o'tirgandan keyin yana ikki marta sajda qilingiz! » - deganlar. Bu so'zni ul 
kishi Abu Hurayradan eshitibdirlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh 
hususlarida juda ko'p hadis rivoyat qilg'aydir!» - deyishadi. Men bir kishini uchratib, 
unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kecha tunda qaysi surani o'qidilar?» -


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
dedim. «Bilmasman»,- dedi. «Unda, namozda bo'lmabsan-da?!» - dedim.
«Nega, qatnashganman»,- dedi boyagi kishi. «Falon va falon suralarni o'qiganlarini men 
bilaman-ku!» - dedim (demak, Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning sunnatlarini yodlab qolmoq uchun butun vujudlari birlan quloq 
solganlar)».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling