Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo'ladir?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-bob. Namoz oqiyotgan odamning uloni boshab (echilib) ketsa...
10-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo'ladir?
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qiyotganlarida qibla tomonlarida oyog'imni uzatib yotgan bo'lardim. Sajda qilayotganlarida oyog'imni yig'ishtirib olardim, sajdadan bosh ko'targanlarida ersa, yana uzatib yuborar edim (qorong'uda)». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy namoz o'qib bo'lib, bunday dedilar: «Namoz o'qiyotganimda shayton paydo bo'lib, namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi. Olloh taolo madadi birlan uni daf qilmakka muyassar bo'ldim. Ertalab sizlar ko'ringiz, deb uni tutib masjidning ustuniga bog'lab qo'ymoqchi bo'lganimda, Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni shundoq bir narsaga ega qilgilkim, toki mendan keyin unga hech kim muyassar bo'lolmasin!»- degan gaplari yodimga tushdi. Shunda Olloh taolo shaytonning umidini puchga chiqarib quvib yubordi». 11-bob. Namoz o'qiyotgan odamning uloni bo'shab (echilib) ketsa... Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon kiyimini o'g'ri olib qochsa, namozni qo'yib, o'g'rini quvlag'aydir»,- deydilar. Al-Azraq ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Ahvoz degan yerda xavorijlar birlan urushayotgan erdik. Men daryo bo'yida turgan erdim, Bir vaqt, bir kishining oti yuganini ushlab turgan holda namoz o'qiyotganiki ko'rib qoldim. Oti kuchlilik qilib uni joynamozdan nariga sudrab keta boshladi». Mazkur rivoyatni Shu'ba raziyallohu anhu bunday deb davom ettiradilar: «O'sha namozxon Abu Barza. al-Aslamiy bo'lib, uni xavorijlardan bir kishi: «Ilohi, bu cholni baloga giriftor qilg'il!» - deb duoibad qildi. Abu Barza namozini tugatgach: «Men sizlarning gapingizni eshitdim. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bmrlan birga olti (yokim yetti, yokim sakkiz) yil g'azot qildim, ummatlariga namoz xususida bir qancha yengillik berganlarini ko'rdim. Otim sudrab ketayotgan bo'lsa ham, namoz o'qiganim afzal, chunkim uni o'z holiga qo'yib yuborsam, o'tlab uzoqlarga ketib qolg'aydir»,- dedi». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'rinlaridan turib uzun sura o'qidilar, so'ng ruku'qildilar, ruku'da uzoq turdilar, keyin ruku'dan bosh ko'tarib, boshqa bir surani o'qiy boshladilar. So'ng ruku' qilib, sajda qildilar-da, birinchi rak'atni yakunladilar. Ikkinchi rak'atni ham shu tariqa o'qidilar. Keyin, bizga qarab: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilganini ko'rsangiz, tutilib bo'lguncha namoz o'qingiz! Mana shu yerda turib menga va'da qilingan hamma narsani ko'rdim. Qo'limni uzatib oldinga intilayotganimni ko'rgan vaqtlaringizda men jannatdan bir meva uzib olmoqchi bo'lgan zrdim, orqamga (cho'chib) tisarilganimda ersa, ja~ hannam o'tining gurillab yonayotganini ko'rgan erdim. Jahannamda Amr ibn Luhoni ko'rdim, ul (hayotligida uy) hayvonlarini o'z holiga tashlab qo'ygan odam erdi»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling