Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozda aytish mumkin emasligini bilmagan holda biror qavmning


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob. Namozda aytish mumkin emasligini bilmagan holda biror qavmning 
nomini tilga olmoq yokim bir-biriga salom bermoq haqida
Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Biz ilgarilari namoz o'qiyotib ham bir-birimizga 
salom beraverar erdik va marhumlarning ismlarini birma-bir aytib duo qilar erdik. Bir 
kuni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam buni eshitib qolib: «At-Tahiyyotu li-l-loxi va-s- 
salavotu va-t-tayyibotu, as-salomu alayka ayyuha-n-na-biyyu va rahmat-ul-lohi va 
barakotuh, as-salomu alayno va alo ibodi-l-lohi-s-solihiyna, ashhadu alio iloha il-la-l- 
lohu va-shhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh» desangiz, Olloh taoloning yeru 
ko'kdagi barcha solih bandalarini duo qilgan bo'lursiz»,- dedilar». Duoning tarjimasi: 
«Barcha olqishu maqtovlar, besh vaqt namozu ezguliklar Ollohga bo'lsin! Ey Ollohning 
elchisi (payg'ambari) Muhammad sallallohu alayhi va sallam! Olloh taolo sizga salom, 
barakot va rahmat yo'llasin! Bizga hamda Ollohning jamiki solih bandalariga ham Olloh 
salom yo'llasin! Ollohdan boshqa iloh yo'qligining shohidiman, Muhammad sallallohu 
alayhi va sallamning ham Ollohning bandasi va elchisi (payg'amb.ari) ekanligining 
shohididirman».
5-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Tasbih aytmoq erkaklarga, qarsak chalmoqersa, xotinlarga xos odatdir! » - deganlar 
(bu yerda imomni ogohlantirmoq uchun chapak chalib ovoz chiqarmoq nazarda 
tutilgan)».
Sahl ibn Sa'd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytib 
(imomni) ogohlantirmoq erkaklarga , kaftni kaftga urib odaz chiqarib (imomni) 
ogohlantirmoq xotinlarga xos odatdir»,- deganlar».
6-bob. Namoz o'qiyotib orqaga tisarilgan yokim biror sababga ko'ra oldinga 
(namozxonlarning oldingi safiga) o'tib olgan kishilar haqida
Sahl ibn Sa'd bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to'g'rilaridagi hadislarda 
rivoyat qilganlar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Seshanba kuni musulmonlar Abu 
Bakr Siddiq imomligida (Rasululloh betob erdilar) bomdod namozini o'qishayotgan erdi. 
Shu layt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha onamizning hujralaridagi pardani


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ochib, ularga jilmayib qarab qo'ydilar. Abu Bakr Siddiq, Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam namozga chiqmoqchilar, deb o'ylab, joy bo'shatmoq maqsadida orqalariga 
tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rib xursand bo'lib ketgan 
musulmonlar namozni buzib qo'yay deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam namozni davom ettiringiz, degan ma'noda ishora qildilar-da, pardani yopib 
qo'ydilar. Ul zot shul kuni vafot etdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling