Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO'G'RISIDAGI BOBLAR


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO'G'RISIDAGI BOBLAR 
1-bob. Namozda (agar buyurilgan bo'lsa) qo'ldan foydalanish haqida
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o'qiyotib o'z tana a'zolaridan istagancha 
foydalanmog'i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o'qiyotib qo'li birlan kulohini olib 
qo'ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat AN raziyallohu anhu ersa, o'ng kaftlarini chap 
qo'llarining bo'g'ini ustiga qo'yib, qo'l bog'lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi 
yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo'lsalar, qo'l bog'lamini yechib, qo'llarini bemalol 
harakat qildiraverar erdilar».
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib 
qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam 
ersa, enli tomoniga bosh qo'yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim 
kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko'proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg'onib, 
o'rinlaridan turib o'tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo'llari birlan ko'zlarini 
ishqadilar. So'ng, Surai «ON Imron»ning oxiridan o'n oyat o'qidilar. Keyin, o'rinlaridan 
turib, devorga osig'liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so'ng namoz 
o'qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat 
oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ng 
qo'llari birlan (o'ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma'noda) o'ng qulog'imni 
ishqab qo'ydilar (boshqa hadisda: «Qulog'imdan ushlab, meni o'ng tomonlariga o'tkazib 
qo'ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak'at, so'ng 
ikki rak'at, keyin ikki rak'at, so'ngra ikki rak'at, keyin ikki rak'at, so'ngra ikki rak'at 
namoz o'qidilar. So'ng, vitr o'qib bo'lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar. 
Keyin, qisqagina qilib ikki rak'at namoz o'qib old ilar. So'ng, bomdod o'qigani masjidga 
chiqib ketdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling