15-bob. Kun og'masdan ilgari safarga chiqsa, peshinni asrga qo'shib o'qiydir
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Quyosh og'masdan ilgari safarga chiqsalar, peshinni asr vaqtigacha kechiktirib, keyin
ikkala namozni qo'shib o'qir erdilar. Quyosh og'gan bo'lsa, peshinni o'qib, keyin yo'lga
chiqar erdilar».
16-bob. Kun oggandan keyin safarga chiqadirgan bo'lsa, peshinni o'qib, keyin
yo'lga chiqadir
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
kun og'masdan ilgari yo'lga chiqsalar, peshinni asrgacha kechiktirib, keyin ulovdan
tushar erdilar, ikkala namozni qo'shib o'qir erdilar. Agar kun og'gandan keyin safarga
chiqadigan bo'lsalar, peshinni o'qib keyin yo'lga chiqar erdilar».
17-bob. O'tirib o'qiydirgan namoz
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo'lib
qolganlarida uyda o'tirgan holda namoz o'qidilar. Odamlar ersa, tikka turgan holda iqtido
qilishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga: «O'tirib o'qingiz!» - deb
ishora qildilar. Namoz tugagach: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar
ul ruku' qilg'aydir, sizlar ham ruku' qilingiz, ruku'dan bosh ko'targ'aydir, sizlar ham bosh
ko'taringiz!»-dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan
yiqilib, o'ng oyoqlari shilindi. Shunda ul kishini ko'rgani kirdik, bir ozdan keyin namoz
vaqti bo'ldi. Bizga o'tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o'tirib o'qidik. Namozdan keyin
bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Imom takbir aytsa, takbir
aytingiz, ruku' qilsa, ruku' qilingiz, ruku'dan bosh ko'tarsa, bosh ko'taringiz. Agar
«Sami'allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» -
dedilar».
Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor erdi. Janob
Rasulullohdan o'tirgan holda namoz o'qimoq haqida so'radim. Shunda bunday dedilar:
«Tik turib o'qigan namoz o'tirib o'qigan namozdan afzalroqdir, chunkim o'tirib namoz
o'qigan kishiga, tik turib namoz o'qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisi tekkaydir.
Kimki yonboshlab o'qig'aydir, o'tirib o'qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisini
olg'aydir».
Do'stlaringiz bilan baham: |