Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Safarda farz namozidan avval va keyin o'qiladirgan sunnat


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

12-bob. Safarda farz namozidan avval va keyin o'qiladirgan sunnat 
namozlaridan tashqari nafl qam o'qigan kishi
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak'at sunnatini o'qidilar.
Ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning choshgohda 
namoz o'qiganlarini bir kishi ko'rib aytib berdi. Ummu Honi' ersa bundoq dedi: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo'lgan kuni mening uyimga kirib 
g'usl qildilarda, 8 rak'at nafl o'qidilar. Bundan keyin ul kishining bunchalik qisqa (engil) 
namoz o'qiganlarini ko'rmaganman. Biroq qisqa (engil) o'qigan bo'lsalar ham, maromiga 
yetkazib ruku'va sajda qilganlar».
Abdulloh ibn Omirning otalari rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning kechasi safarda ulov minib ketayotib nafl o'qiganlarini ko'rdim».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda tuya minib 
ketayotib (tuya ketayotgan tomonga qarab) imo-ishora birlan ruku'-sajda qilib nafl 
o'qiyverar erdilar».
Ibn Umar ham shundoq qilar erdilar.
13-bob. Safarda shorn va xufton namozlarini qo'shib o'qimoq
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam safar og'ir bo'lsa, shorn birlan xuftonni qo'shib o'qir erdilar».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarda ulov 
minib ketayotgan bo'lsalar, peshin birlan asrni hamda shorn birlan xuftonni qo'shib o'qir 
erdilar».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shorn birlan 
xuftonni qo'shib o'qir erdilar».
14-bob. Safarda namozxon shorn birlan xuftonni qo'shib o'qiganda, azon va 
takbir aytadirmi, yo'qmi?
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shoshilinch safar vaqtida 
shorn namozini kechiktirib, xuftonga qo'shib o'qiganlarini ko'rganman»,- deydilar. 
«Abdullohning o'zlari ham shundoq qilar erdilar,-deydilar Solim raziyallohu anhu,- agar 
safarda shoshilib turgan bo'lsalar, takbir aytib, uch rak'at shorn o'qir erdilar. Keyin, 
salom berib, bir oz turar erdilarda, xuftonga takbir aytar erdilar, so'ng ikki rak'at o'qib 
salom berar erdilar. Shorn birlan xufton o'rtasida ham, xuftondan keyin ham biror rak'at 
qo'shimcha sunnat namoz o'qimas erdilar. Faqat yarim kechada tahajjud o'qir erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda mana bu ikki 
namozni, ya'ni shorn birlan xuftonni qo'shib o'qir erdilar»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling