1. Tasavvur qiling safarga chiqyapsiz,o’zingiz bilan uchta muhim narsani olish kerak bo’lsa,nimani olardingiz
Download 36 Kb.
|
trevel jurnalistika3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Safar davomida qanday manbalardan (tirik yoki rasmiy manbalar) foydalanish qulayroq Qanday ma’lumotlar qiziqarliroq sizning-cha
- 3.Yo’l ocherkini safar davomida yozgan yaxshimi yoki safardan qaytgandan keyin Misollar keltiring.
- 5.Yo’l ocherkining mashaqqatlari haqida o’qigan asarlaringiz haqida misollar keltiring.
3-mavzu bo’yicha topshiriq 1.Tasavvur qiling safarga chiqyapsiz,o’zingiz bilan uchta muhim narsani olish kerak bo’lsa,nimani olardingiz. Safar dunyoda hayot mazmunini chiroyli qilish uchun eng qulay imkon. Safarga chiqishda iqtisodiy tomondan qarasak ,avvalo, hisob varag’ida darsmoya, naqd pul, kerakli hujjatlar va zamonaviy xotiraga saqlashga texnikalar. Bu ma’lum darajada har bir sayyohga eng kerakli narasalar. Rostini aytganda, menda erishilgan va erishilinishi shart bo’lgan kelajak rejalarim orasidagi sayohatlarda borar manzilimning toki eng kichik nuqtasiga qadar batafsil joylar haqidagi ma’lumotga to’la shaxsiy bloknotim bor va ayta olamanki ayni shu daftracha menga sherik, har qaysi voqea bayoniga mos hamsuhbat. Ammo , haqiqatan qarasa narsa emas, kimsa deganingizda – onam uchun Haj safariga otam bilan birgalikda ziyorat qilishlari uchun imkon yaratardim. 2.Safar davomida qanday manbalardan (tirik yoki rasmiy manbalar) foydalanish qulayroq? Qanday ma’lumotlar qiziqarliroq sizning-cha? Safar bu cheksiz ummon deb oladigan hayotning keng mohiyatini anglash uchun imkoniyat. Bu imkoniyatda har qanday manbaning o’rni beqiyos. Xususan, har qanday manbaning o’z o’rni bo’ladi.qulayligi jihatidan yosh toifasidagi jurnalistlar uchun esa tirik yo rasmiy manbaning ahamiyati kuchliroq bo’ladi. Tirik manba bu aniq ma’lumotga ega va ochiq-oydin savollar berilganda javob olish uchun qulay hisoblanadi. Rasmiy manbalar esa shunchaki tayyorlanilgan va qog’ozga tirik odam bera oladigan hayajon singdirilmagan rasmiy ma’lumotga asoslangan, mavzudan chetdagi qiziqroq ma’lumot esa sir tutilib, topa olish mushkul bo’lgan, rasmiy bazada bor ma’lumotlardan foydalaniladi, xolos. Ma’lumot qanday bo’lishidan qat’iy nazar auditoriyani qiziqtirmas ekan uning qiymati pasayib boraveradi. Shuning uchun ham bugun axborot bu marketingni bir qismiga aylanib bo’lgan. Aslida tirik manbadan qiziqarliroq ma’lumot olish odon va tezkorlikda amalga oshadi. Bugun agar jurnalistikaning qay bir janriga qarasak, ma’lumotning ko’pchiligi eng dolzarb muammoga yo’naltirilgan bo’ladi. Ma’lumot zamon va vaqt hukmida qiziqarlilik jihatidan mashhurlikka erishib, sekinlik bilan pasayib boraveradi. Men uchun yo’l ocherkida afsonaga asoslangan, tarixiy va sirli joylarga oid ma’lumotlar yozish qiziqarliroq. 3.Yo’l ocherkini safar davomida yozgan yaxshimi yoki safardan qaytgandan keyin? Misollar keltiring. Yo’l ocherkini safar davomida yozish yoki yozmaslik jurnalistning o’z pozitsiyasiga bog’liq.Safar davomida to’xtalib yozish bu ma’lumotning aniqlilik darajasini susaytirmaydi.Misol uchun, “Boburnoma” memuar asaridagi voqealar va ayniqsa tarixiy shaxslar ko’rinishi tasviri, joylar ta’rifi aniq, ravon, muhimi ko’rilgan kunning o’zida bayon etilgan. Eng muhimi, xotiraga saqlangan holda emas, faktlarga asosan tezkorlikda bayon etilganidadir. Xotira va ba’zi bir detallarda adashmaslik uchun yo’l ocherkini safar davomida yozgan ma’qulroq. Aks holda ocherk mujmal so’zlarga to’lib toshadi. Safar qaytib yoziladigan yo’l ocherklarida faktga asoslanmagan va shunchaki xulosaviy fikr, sayohatdan maqsad so’ralgan ocherk bo’lsa buni safardan qaytgandan keyin yozsa ham bo’ladi. Safardan keyin batafsil yozish usuli ham ancha samarali bo’lsada, bu ba’zan anchagina vaqt, kerakli ma’lumotlarni yo’qotishga sabab bo’lishi mumkin. Muqimiyning “Sayohatnoma” asaridagi voqealar tasnifida yo’l-yo’lakay yozib borish usulini ko’rishimiz mumkin.
Aslida safar ko’rish va bilish uchun keng imkoniyat va bir dunyo eshigini ochish uchun lotareya yutug’i kabidir. Iloji boricha ko’proq ko’rish boshqa, undan lazzatlanib. Fikrlarni boyitgan boshqa.Xotira faqat ko’rish bilan emas, balkim izlanish bilan sayqallanadi. Safarga chiqqanda iloji boricha mening fikrimcha ko’proq bil va angla, degan fikrni olg’a suraradim. Olaylik, Turkiyaga borib, “Qizqal’a” tarixiy binosini ko’rib ming turfa fotosessiya qilsakda, asosiy maqsadni unutsak, yo’l ocherki mavzusi shu manzil bo’lsa, afsuski, vaqtni ortga qaytarib bo’lmaydi. Bu esa eng muammoli vaziyatlarga solishi mumkin. Shu sababli”Ko’rish, anglash, tushunish, so’rash va bilish” degan aqidaga amal qilsa yaxshiroq bo’ladi ocherknavis.
Muqimiyning “Sayohatnomasi”da ocherknavisning eng dardli va quvnoqli yo’llardagi tasniflari orasida do’lda qolib, toki noinsof amaldorlar ko’zboyamachiligi haqidagi tasvirlar yo’lovchining azobini, xalqning hayotini tubdan his qilgani, bangi va toki ozodalikka qadar tasviri (Farg’ona tumanlarig sayohat) haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. “Yosh Verterning iztiroblari” romani Gyotening epistolyr va sayohat mavzusini uyg’unlashtirgan mahorati haqida batafsil ma’lumot beradi. Bund averter ismli yigitning Germaniyaning chekka provinsiyasidagi fojiali hayoti aks ettirilgan. Bunda yigit badavlat oil ava kambag’al xalq orasidagi hayot oqimlariga guvoh bo’ladi.Bunda muhabbat, nafrat, kelgindilik azobi, rahm-shafqatga to’la umrini maktub asosida d’stiga so’zlash asnosidagi yigit iztirobi ks ettiriladi. Atrofni batafsil tasvirlash orqli o’sha shahar haqida batafsil ma’lumot berishini ko’rishimiz mumkin. Yigitning so’nggi umrini(o’zini otib o’ldiradi.) komissar boshlig’i tilidan ko’rishimiz mumkin. Yoki Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” memuar asraida har bir kichik tafsilotgacha batafsil bayo etilgan yo’l ocherklariga guvoh bo’lishimiz va tasavvurga ega bo’lishimiz mumkin. Demak, bunda shaxs tasviri, joy tasviri. udumlar , voqea, yo’ldagi qiyinchiliklar tasviri haqida ko’rishimiz va birga Bobur hayotini kuzatishimiz mumkin. Bundagi Hindistonda oqava suv yo’qligi muammosini, ayolni er bilan tiriklay yoqish odatini ham, Samarqand va boshqa viloyatu, shaharlardagi joylarga, maqbarayu va boshqa tasvirlarga qarashimiz mumkin.\= Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling