Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. «Tanziyl us-sajda» surasini tilovat qilib sajda etmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

1-bob. «Tanziyl us-sajda» surasini tilovat qilib sajda etmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
jum'a kuni bomdod namozida «Alif, lom, mim tanziyl us-sajda» surasini hamda «Va hal 
ato ala-l-insoni» suralarini o'qir erdilar».
2-bob. «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq 
buyurilgan bo'lmasa-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shul surani o'qib 
sajda aylaganlarini ko'rdim».
3-bob. «Ап-Najm» surasini tilovat qilib sajda etmoq
Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ап-Najm» 
surasini o'qib sajda qildilar. Qavmning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
sajda etmagan birorta ham a'zosi qolmadi, faqat bir kishigina bir siqim tufroq (yokim 
qum) olib yuziga surtdi-da: «Menga shul ham kifoya qilg'aydir»,— dedi. Keyinchalik, 
uning kofirligicha o'ldirilganini ko'rdim».
4-bob. Musulmonlarning mushriklar birlan birga sajda qilmog'i
Darhaqiqat, mushrik — najasdir! Ul tahorat neligini bilmaydir. Ibn Umar raziyallohu anhu 
tahoratsiz ham sajda qilur erdi.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ап-Najm» surasini 
o'qib sajda aylaganlarida, musulmonlar va mushriklar ham, jinlar va inslar ham sajda 
etdilar».
5-bob. Sura tilovat qilib sajda etmagan kishi haqida
Ato ibn Yasor Zayd ibn Sobitdan «Ап-Najm» surasini o'qib bo'lib sajda qilmoq haqida 
so'radi. Zayd o'zining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlarida «Ап-Najm» 
surasini o'qib sajda etmaganini ta'kidladi.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
6-bob. «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini tilovat qilib sajda etmoq
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayraning «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini 
o'qib sajda etganlarini ko'rdim. Shunda men: «Ey Abu Hurayra, sizning sajda 
qilayotganingizni ko'rib qoldim-ku!» - dedim. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning (shu surani o'qib) sajda aylayotganlarini ko'rmaganimda erdim, sajda 
qilmas erdim!»-dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling