Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Quyosh tutilganda erkaklar birlan birga ayollarning ham namoz


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

10-bob. Quyosh tutilganda erkaklar birlan birga ayollarning ham namoz 
o'qimog'i
Asmo rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
xotynlari - Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o'qishayotgan erkan. 
Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo'ldi?»-deb so'radim. U qo'llari birlan 
osmonga ishora qilib: «Subhonalloh»,- dedi. «Azob (qiyomat) alomatimi?»-dedim. «На» 
degan ma'noda bosh irg'ab qo'ydi. Keyin, men ham ular birlan birga namoz o'qishga 
tutindim, hatto ko'p o'qiganimdan boshim aylanib ketdi. Keyin, o'zimga kelay deb 
boshimdan suv quya boshladim. Janob Rasululloh namoz o'qib bo'lgach, Olloh taologa 
hamdu sanolar aytdilar, so'ng: «Men ko'rmagan narsa qolmadi, hatto shu yerda turib 
jannatni ham, do'zaxni ham ko'rdim. «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig 
bir imtihondan o'tg'aydirsizlar» deb menga vahiy qilindi»,- dedilar. O'shanda «Dajjol 
fitnasi yanglig'» dedilarmi yokim «Dajjol fitnasiga yaqin», dedilarmi, aniq esimda yo'q. 
Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda 
bir farishta kelib: «Bu kishini (Rasulullohni) taniysanmi?» - deb so'raydir. Agar qabrda 
yotgan banda iymonli (yokim «taqvodor»,- dedilar shekilli) ersa: «Bu kishi Muhammad 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdirlar, bizga mo''jizalar va hidoyat olib kelganlar. 
Biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,- deydir. Unga: «Biz sening mo'min 
ekanligingni bilur erdik, orom olib uxlayverg'il!»- deyishadi. Ammo, munofiq (yokim 
«ikkilanuvchi»,- dedilar shekilli) ersa: «Bilmadim, odamlar (bu kishi to'g'rilarida) 
nimalardir deyishar erdi, men ham o'shalar aytganini aytar erdim»,- deydir».
11-bob. Quyosh tutilganda qulni ozod qilmakni yaxshi ko'radirgan kishi haqida
Asmo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda qul ozod qilmakni
buyurdilar»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling