Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namozning birinchi rak'ati - eng uzun


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

18-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namozning birinchi rak'ati - eng uzun 
rak'at
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 
tutilganda to'rt ruku'va ikki sajda qilib namoz o'qidilar. Birinchi rak'at ikkinchisiga 
qaraganda uzoqroq davom etdi».
19-bob. Quyosh tutilganda o'qiladirgan namozda ovoz chiqarib qiroat qilmoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan 
kezdagi namozda ovoz chiqarib qiroat qildilar. Qiroat aylab bo'lgach, takbir aytib ruku' 
etdilar. Ruku'dan bosh ko'tarayotganda: «Sami'allohu liman hamidahu, rabbano va laka-
l-hamd»,- dedilar. Keyin, Quyosh tutilganda o'qiladirgan namozni ikki rak'at, to'rt ruku' 
va to'rt sajda qilib o'qiydirgan bo'ldilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallo hu alayhi va sallam zamonlarida 
Quyosh tutildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat birlan namoz 
o'qimoq uchun odamlarni to'plag'il!» - deb jarchi yubordilar. Odamlar to'plangach, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomlikka o'tib, ikki rak'at, to'rt ruku'va to'rt


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sajda qilib namoz o'qidilar».
Zuhriy raziyallohu anhu: «Akang Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada 
bomdod namoziga o'xshash ikki rak'at namoz o'qidi, ortiqcha hech narsa o'qimadiku?!» - 
deganlarida, Urva: «Ha, to'g'ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb javob 
bergan erkan».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
QUR'ON TILOVAT QILGANDA SAJDA QILMOQ VA UNING SUNNAT EKANLIGI 
HAQIDAGI BOBLAR
Ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada «An- 
Najm» surasini tilovat aylab sajda etdilar, bir mo'ysafiddan tashqari hamma ul kishi 
birlan birga sajda qildi. Mo'ysafid bir siqim tufroqni (yokim qumni) olib peshonasiga 
surtdida, shu menga kifoya qilg'aydir»,— dedi. Keyinchalik, men o'shal mo'ysafidning 
kofirligicha o'ldirib yuborilganining shohidi bo'ldim».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling