Rabbano q rab(b)


Download 17.23 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi17.23 Kb.
#1151127
Bog'liq
P RAB(B) Bu ara-WPS Office


P

RAB(B) Bu arabcha soʻz rabb(un) shakliga ega (ARS, 281);“parvarish qildi” maʼnosini anglatuvchi rabba feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 281), toʻgʻri maʼnoda “xoʻjayin” maʼnosini, koʻchma maʼnoda esa “tangri” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 611). Rabbano soʻzi rab(b) soʻzining I shaxs koʻplik egalik qoʻshimchasini olgan shakli boʻlib (ATG, 66),“tangrimiz” maʼnosini bildiradi (OʻTIL, I, 611).

RABBANO q. rab(b).

RABBIMSAN Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha rab(b) so‘zining -(i)m egalik qoʻshimchasini va -san tuslovchisini olgan shakli boʻlib, asli “yaratganimsan”, “egamsan” maʼnosini anglatadi: Rabbimsan, Olloh, mohi ramazon kabi (OʻTIL, I, 610); rabbimsan deb shaklida koʻchma maʼnoda ishlatilib, “zoʻr berib tinimsiz” maʼnosini anglatadi.

RABIULAVVAL Bu soʻz asli rābīъ al avval birikmasi qismlarining bir soʻzga birlashuvi natijasida yuzaga kelgan; arab tili talaffuz qoidasiga binoan al artikli ul tarzida aytiladi: rābīъ al avval → rābī-ъulavval→ rabiulavval; rābīъ (un) soʻzi rabaъa feʼlining “toʻrtinchi boʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan (ARS, 283) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “koʻklamˮ, “oʻt-oʻlanˮ kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 284); bu birikma tarkibida “koʻklam” maʼnosi bilan qatnashgan, shunga koʻra bu birikma asli “koʻklamning avvalgi oyi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 610).

RABIULOXIR Bu soʻz asli rābīъ al axir birikmasi qismlarining bir soʻzga birlashuvi natijasida yuzaga kelgan; arab tili talaffuz qoidasiga binoan bunday birikmadagi al artikli ul tarzida aytiladi: rābīъ al axir → rābīъulaxir → rābīuloxir; rābīъ(un) soʻzi rabaъa feʼlining “toʻrtinchi boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 283) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “koʻklamˮ, “oʻt-oʻlanˮ kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 284); bu birikma tarkibida “koʻklamˮ maʼnosi bilan qatnashgan, shunga koʻra bu birikma asli “koʻklamning oxirgi oyi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 610).

RABIULSONI Bu soʻz asli rābīъ al šani birikmasi qismlarining bir soʻzga birlashuvi natijasida yuzaga kelgan; arab tili talaffuz qoidasiga binoan bunday birikmadagi al artikli ul tarzida aytiladi: rābīъ al šāni → rābīъulšāni→ rabiulsoni; rābīъ soʻzi haqida rabiulavval soʻzi maqolasiga qarang; šani soʻzi šana feʼlining “aylantirdi” maʼnosi bilan (ARS, 113) hosil qilingan tartib son boʻlib (ATG, 364), “ikkinchi” maʼnosini anglatadi (ARS, 114), shunga koʻra bu birikma asli “koʻklamning ikkinchi oyi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 610).

RABOT Bu arabcha soʻz asli ribāt(un) shakliga ega (ARS, 283); oʻzbek tiliga i unlisini a unlisiga, choʻziq a unlisini a unlisiga, itqi undoshini t undoshiga al-mashtirib qabul qilingan: ribat → rabat (rabot); asli rabata feʼlining joylashdi maʼnosi asosida (ARS, 283) hosil qilingan III bob masdari boʻlib (ATG, 247), bir-biridan maʼlum masofada joylashgan, soqchilar bilan qoʻriqlanadigan qoʻnish joyi maʼnosini anglatgan (OʻTIL, I, 610). Soʻzlashuv tilida bu soʻz ravot tarzida ham talaffuz qilingan. PABOT rabot

Q. RAVOK Bu arabcha soʻz rivāq(un) shakliga ega (ARS, 321); oʻzbek tiliga i unlisini a unlisiga, choʻziq y un- lisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: rivāg → ravak (ravok); koʻp maʼnoli rãqa feʼlining yoqimli boʻldi“ maʼnosi asosida (ARS, 321) hosil qilingan III bob masdari boʻlib (ATG, 247), oʻzbek tilida binoning old tomonidagi peshtoq va ustunlar bilan bezatilgan koʻrkam qismi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 611).

RAD(D) Bu arabcha soʻz radd(un) shakliga ega (ARS, 293); koʻp maʼnoli radda feʼlining orqaga qaytardiˮ maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 292), orqaga qaytish maʼnosiNI anglatadi, odatda rad et- qoʻshma feʼli tarkibida ishlatiladi (OʻTIL, I, 611).

RADDIYA Bu arabcha soʻz rad(d) masdaridan (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), rad etishni bildiruvchi bayonotˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 611).

RADIF Bu arabcha soʻz radif(un) shakliga ega (ARS, 294); oʻzbek tiliga choʻziq I unlisini i unlisiga almash- tirib qabul qilingan: radif→ radif; “ketida keldi maʼnosini anglatuvchi radafa feʼlidan (ARS, 294) ho- sil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “sheʼr misralarida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz(lar) maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 612)

RAJAB Bu arabcha soʻz gaçab(un) shakliga ega (ARS, 287); Asli qoʻrqdi maʼnosiNI anglatuvchi raçaba feʼlidan (ARS, 287) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), “kamariya yil hisobidagi yettinchi oy maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 612).
RAZZOK Bu arabcha soʻz razzāq(un) shakliga ega (ARS, 295); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: razzaq→ razzak (razzok); “Yashash uchun zarur narsalar bilan taʼminlandiˮ maʼnosini anglatuvchi razaqa feʼlidan (ARS, 295) yasalgan ot boʻlib (UAY, 240), “rizq beruvchi maʼnosini anglatadi. Olloga nisbat beriladi (OʻTIL, I, 612). Bu soʻzni erkak kishining atoqli oti sifatida yolgʻiz oʻzi- ni ishlatish nomaqbul (Abdurazzoq tarzida ishlatish lozim).

RAZIL Bu arabcha soʻz ražil(un) shakliga ega (ARS, 294); oʻzbek tiliga zal undoshini z undoshiga, choʻziq і unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: ražil → razil; “yaramas, qabih boʻldi maʼnosini anglatuvchi ražula feʼlidan (ARS, 294) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), yaramas, qabih kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, I, 612).

RAZOLAT Bu arabcha soʻz ražalat(un) shakliga ega (ARS, 294); oʻzbek tiliga zal undoshini z undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ražalat→ razӑlat (razolat); “yaramas, qabih boʻldiˮ maʼnosini anglatuvchi ražula feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 294), “qabihlik kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, І, 613).

RAIS Bu arabcha soʻz gavīs(un) shakliga ega (ARS, 280); oʻzbek tiliga choʻziq kasrali hamzani i unlisiga almashtirib qabul qilingan: gaыѕ→ rais; “boshchilik kildi maʼnosini anglatuvchi gabaѕa feʼlidan (APC, 279) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), “boshlik” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 613). Bu soʻz- ning raisa muannas shakli ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

RAISA q. rais.

RAYHON Bu arabcha soʻz rayhän(un) shakliga ega (ARS, 319); oʻzbek tiliga hoyi hutti tovushini h tovushiga, choʻziq a tovushini y tovushiga almashtirib qabul qilingan: gauhān→ rayhӑan (rayhon). Bu soʻz koʻp- maʼnoli gaћa feʼlining (ARS, 318) “hid taratdi


maʼnosi bilan hosil qilingan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), asli hid taratuvchi oʻsimliklar kabi jamlIK maʼnosini anglatgan, keyinchalik shunday xususiyatli oʻsimliklardan biri Ovkatga oshkoʻk sifatida qoʻ- shiladigan xushboʻy oʻsimlik maʼnosini anglata bosh- lagan (ARS, 319; PRS, 255; OʻTIL, II, 613). Bu soʻz oʻzbek tilida ayol kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.

RAKAAT Bu arabcha soʻz asli rakat(un) shakliga ega (ARS, 313); oʻzbek tiliga ayn oʻrniga a tovushini qoʻyib qabul qilingan: raksat → rakaat; “tiz choʻkib sajda qildi maʼnosini anglatuvchi gakaʼa feʼlidan (ARS, 313) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), namoz oʻqishning har bir tiz choʻkib sajda qilish kismi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 613).

RAKʼAT

rakaat


RAMAZON B, rabcha soʻz ramađān(un) shakliga ega (ARS, 314); oʻzbek tiliga dzad undoshini z undoshiga, choʻziq a unlisini á unlisiga almashtirib qabul qilingan: ramadān→ ramazan (ramazon); koʻp maʼnoli ramida feʼlining qiyinchilik keltirdi maʼnosi bi- lan (ARS, 314) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), qamariya yil hisobidagi toʻqqizinchi oyˮ (roʻza tutiladigan oy) maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 613).

RAMZ Bu arabcha soʻz ramz(un) shakliga ega (ARS, 314); “belgi qoʻydi maʼnosini anglatuvchi ramaza feʼ- lining I bob masdari boʻlib (ARS, 314), belgiˮ, “ishoraˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 613).

RAMZIY Bu arabcha soʻz ramz soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “ishora qilib turuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 613).

PACAA Q.


rasadxona

RASADXONA Bu soʻz arabcha rasad soʻziga tojikcha xona soʻzini qoʻshib tuzilgan; bu soʻz arab tili lugatiga ham rašadxonat(un) shaklida kiritilgan (ARS, 300); ra- sad suzi kuzatdi maʼnosini anglatuvchi rašada feʼlidan (ARS, 299) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), “kuzatish maʼnosini anglatadi, shunga koʻra rasadxona soʻzi osmon jismlarini kuzatish inshootiˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 615).

RASM І Bu arabcha soʻz rasm(un)1 shakliga ega (ARS, 297); koʻp maʼnoli rasama1 feʼlining chizdiˮ, “suvratini soldi maʼnosi bilan (ARS, 297) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida chizmachilik1, “suvrat solish maʼnosini, oʻzbek tilida “suvratˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 615).

RASM ІІ Bu arabcha soʻz rasm(un)1 shakliga ega (ARS, 297); kupmaʼnoli rasamal feʼlining nishonladiˮ maʼnosi bilan (ARS, 297) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “urf-odat maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 615). Bu soʻzni uning koʻplik shakli rusum soʻzi bilan (ATG, 40) birlashtirib xasm-rusum juft soʻzi tuzilgan. Bu

RASMAN Bu arabcha soʻz rasm II soʻzining tushum kelishigi shakli boʻlib (ATG, 50), maʼno taraqqiyoti natijasida rasmiy ravishda maʼnosini anglatuvchi ravishga aylangan (OʻTIL, I, 615).

PACMAHA K.

ramona

RASMIY Bu arabcha soʻz rasmiyy(un) shakliga ega (ARS, 297); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: rasmiyy→ rasmiy; acan rasm masdaridan -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), asosan rahbariyat tomonidan qaror bilan belgilangan maʼnosini anglatadi; koʻchma maʼnoda esa “xoʻjakoʻrsinga, rasmiyat uchungina qilinadigan kabi salbiy boʻyoqli maʼnoni bildiradi (OʻTIL, I, 616). Bu soʻzdan oʻzbek tilida ras- miylash-, rasmiylashtir- feʼllari yasalgan.



RASMIYAT Bu arabcha soʻz asli rasmiyyat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga tarkibidagi uu to- vushlaridan birini tashlab qabul qilingan: rasmiyyat → rasmiyat (rasmiyat); rasm II soʻzidan -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), rasmiy yondashish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 616).
Bu soʻzdan oʻzbek tilida rasmiyatchi, rasmiyatchilik soʻzlari yasalgan boʻlib, voqelikni salbiy baho bilan bildiradi.

RASMONA Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha rasm II su- ziga (k.) tojikcha -ona qoʻshimchasini (TRS, 542) qoʻshib yasalgan ravish boʻlib, urf-odatga muvofiq keladigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 616). Soʻzlashuv tilida bu suz rosmana, rasmana shakllarida ham talaffuz qilinadi.

RASM-RUSUM Q. rasm II

PACCOM Bu arabcha soʻz grassām(un) shakliga ega (ARS, 297); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: rassām → rassam (ras- som); rasm I soʻzidan (q.) yasalgan kasb oti boʻlib (UAY, 240), “rasm soluvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 616). Bu soʻzdan oʻzbek tilida rassomlik mavhum oti yasalgan.

RASUL Bu arabcha soʻz rasul(un) shakliga ega (ARS, 296); oʻzbek tiliga choʻziq y unlisini u unlisiga almashtirib kabul qilingan: rasul rasul; koʻp maʼnoli rasila feʼlining (ARS, 296) “yubordiˮ maʼnosi asosida hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “elchiˮ, “vakilˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 616). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. Bu soʻz bilan Abdurasul tarzida atoqli ot tuzib ishlatish nomaqbul (abdi soʻzi Olloga nisbat beriladigan soʻzgagina qoʻshib ishlatilishi lo- zimRAFIK Bu arabcha soʻz rafiq(un)2 shakliga ega (ARS, 307); oʻzbek tiliga choʻziq i unlisini unlisiga I almashtirib kabul qilingan: rafiq rafik; koʻp maʼnoli rafaga feʼlining doʻst boʻldi, oʻrtoq boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 306) hosil qilingan 1 bob Masdari boʻlib (ATG, 143), oʻzbek tilida dustˮ, “oʻrtoq maʼnosiNI anglatadi; bu soʻzning muannas shakli rafiqa soʻzi esa erning umr yoʻldoshi maʼnosini ←

anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I. 617). RAFIKA Q. rafik

RAʼY Bu arabcha soʻz gazu(un) shakliga ega (ARS, 303); oʻzbek tiliga ayn oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib qabul qilingan: gaʼu→ raʼy; koʻp maʼnoli gaʼy Feʼlining rioya qildiˮ maʼnosi bilan (ARS, 303) ho- sil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida rioya qilish, saqlash maʼnolarini anglatadi (ARS, 303); oʻzbek tilida bu soʻz istakˮ, “xohishˮ maʼno- sini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 617).

RAʼNO Bu arabcha soʻz gavnābu shakliga ega (ARS, 303); oʻzbek tiliga ayn oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi dammali hamzani tashlab qabul qilingan: rasnāsu → raʼna (razno); yengiltak boʻldi maʼnosini anglatuvchi gazipa feʼlidan (ARS, 303) yasalgan bar|anu asliy sifatining (ARS, 43) muannas shakli boʻlib, asli yengiltak” maʼnosini anglatadi (ATG, 44); oʻzbek tilida bu soʻz qizil yoki sariq rangli xushbuy gulˮ maʼnosini, koʻchma maʼnoda esa goʻzal va barnoˮ maʼnosini angla- tadi (OʻTIL, I. 617); keyingi maʼnosi bilan bu soʻz ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

RAQAM Bu arabcha soʻz asli raqm(un) shakliga ega (ARS, 310); tojik tiliga qm tovushlari oraligʻiga a unlisini qoʻshib qabul qilingan (TjRS, 323), oʻzbek tiliga shu shaklida olingan: raqm → raqam; koʻp- maʼnoli raqama feʼlining mikdor maʼnosini ifodalovchi ramzni yozdi maʼnosi bilan (ARS, 309) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “mikdor maʼnosini ifodalovchi ramz (sifra) maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 617). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida raqamli sifati, raqamla- feʼli yasalgan.

RAKIB Bu arabcha soʻz raqīb(un) shakliga ega (ARS, 308); oʻzbek tiliga choʻziq ī unlisini i unlisiga almash- tirib qabul qilingan: raqīb → raqib; koʻp maʼnoli raqaba feʼlining kuzatdi maʼnosi asosida (ARS, 308) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida “sokchiˮ, “kuzatuvchiˮ, “tekshiruvchi maʼnolarini anglatadi (ARS, 308); oʻzbek tilida tortishuvda, ku- rashda bir-biriga qarshi tomon kishisi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 618).

RAQOBAT Bu arabcha soʻz gaqabat(un) shakliga ega (ARS, 308); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: raqābat rakabat → (rakobat); koʻp maʼnoli ragaba feʼlining kuzatdiˮ maʼnosi asosida (ARS, 308) hosil qilingan. I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida kuzatishˮ, “tekshiRISHˮ maʼnolarini anglatadi (ARS, 308); oʻzbek tilida “tortishuvˮ, “ustun boʻlishga harakat qilish maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 618).

RAKS Bu arabcha soʻz raqš(un) shakliga ega (ARS, 309); Oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga almashti- rib qabul qilingan: raq→ raks; “oʻyinga tushdiˮ maʼnosini anglatuvchi raqaša feʼlining (ARS, 309) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), turli maqom bilan tan harakatlarini qilishˮ, “oʻyinga tushish anglatadi (OʻTIL, І, 618). maʼnosini

RAKKOS q. raqqosa

RAKKOSA Bu soʻz raqqašat(un) shakliga ega (ARS, 309); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini à unlisiga al- mashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: raqqāsat→ raqqasa (raqqosa); “oʻyinga tushdi maʼnosini anglatuvchi raqaša feʼlidan (ARS, 309) yasalgan shaxs oti boʻlib (UAY, 240), “raqs tushishga ix- tisoslashgan ayol maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 618). Bu soʻzning muzakkar shakli raqqos soʻzi “raqs tushishga ixtisoslashgan erkakˮ maʼnosini anglatadi.

RAGʻBAT Bu arabcha soʻz ragbat(un) shakliga ega (ARS, 304); koʻp maʼnoli ragiba feʼlining “istadiˮ maʼnosi bilan (ARS, 303) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (APC, 303), biror ishni bajarishga boʻlgan istak maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 618). Bu soʻzdan oʻzbek tilida ragʻbatlantir- feʼli yasalgan.

RAHIM Oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladigan bu soʻz rahim(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 291), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq I unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: rahim→ rahim; “rahm-shafqatli boʻldi“ maʼnosini anglatuvchi rahima feʼlidan (ARS, 291) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), asli rahm- shafqatli maʼnosini anglatadi; bu soʻzning muannas shakli rahima soʻzi ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi (Bu soʻzlar OʻTILga kiritilmagan). RAHIMA Q.

rahim

RAHM Bu arabcha soʻz rahm(un) shakliga ega (ARS, 291), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: rahm→ rahm; “rahm- shafqatli boʻldi maʼnosini anglatuvchi rahima feʼlining (ARS, 291) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), shaf- qatˮ, “achinish tuygʻusi kabi maʼnolarni anglatadi (OʻTIL, I, 618). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida rahmsiz, be- rahm sifatlari yasalgan, rahm-shafqat juft soʻzi tu- zilgan.



RAHMAT Bu arabcha soʻz rahmat(un) shakliga ega (ARS, 291), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga almashtirib qabul qilingan: rahmat→ rahmat; rahm-shafqat qildi maʼnosini anglatuvchi rahima feʼlining (ARS, 291) 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida rahm-shafqat maʼnosini anglatadi (ARS, 291); oʻzbek tilida esa bu soʻz asosan tashakkur maʼno- sini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, І, 618).

RAHMATLI Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha rahmat soʻzidan (q.) -li qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib, vafot etgan kishini bildirish uchun ishlatiladi, asli rahm-shafqat koʻrsatishga loyiq maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 618).

RAHMATNOMA Bu soʻz tojik tilida arabcha rahmat soʻziga (q.) “xatˮ maʼnosini anglatuvchi tojikcha noma soʻzini (TJRS, 271, 323) qoʻshib tuzilgan boʻlib, yaxshi faoliyat koʻrsatganligi uchun beriladigan taqdirlash xati maʼnosini anglatadi (Bu soʻz nimagadir OʻTILga kiritilmagan).

RAHMDIL Bu soʻz tojik tilida arabcha rahm soʻziga (q.) yurakˮ, “koʻngilˮ maʼnolarini anglatuvchi tojikcha dil soʻzini qoʻshib (TjRS, 129, 323) tuzilgan boʻlib, oʻta rahm-shafqatli maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 618). Bu soʻzdan oʻzbek tilida rahmdillik mavhum oti yasalgan. RAHMON Bu arabcha soʻz rahmānu shakliga ega (ARS, 291); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib, soʻz â oxiridagi i qismini tashlab qabul qilingan: rahmānu raxman (raxmon); asli rahm-shafqat qildi maʼnosini anglatuvchi rahima feʼlining (ARS, 291) І bob Masdari bulib (UAY, 568), rahm-shafqat koʻrsatuvchi maʼnosini anglatadi (ARS, 291). Olloga nisbat beriladigan fazilatlardan birini anglatuvchi bu soʻzni erkak ishlatish KISHINING makbul emas, atokli atokli oti sifatida ot bu suz bilan Rahmonberdi, Abdurahmon tarzida tuzilishi toʻgʻri. RAHM-SHAFQAT Q. rahm, shafqat

RIVOJ Bu arabcha soʻz gaѵãç(un) shakliga ega (ARS, 318); oʻzbek tiliga a unlisini i unlisiga, choʻziq y un- lisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: ravãç → rivaj (rivoj); asli “xaridorini topdiˮ, “tarqaldi maʼnosini anglatuvchi gãҫa feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 318), arab tilida xaridorga sotish, tar- qatish maʼnosini anglatadi (ARS, 318); tojik tilida bu soʻz, yuqoridagi maʼnodan tashqari, taraqqiy etish, “jonlanish maʼnosini ham anglatadi (TjRS, 325); koʻ- rinadiki, bu arabcha soʻz oʻzbek tiliga Tojik tili orqali olingan: “oʻsishˮ, “taraqqiy etish maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, I, 624). Oʻzbek tilida bu soʻzdan ri- vojlan- feʼli yasalgan.

RIVOYAT Bu arabcha soʻz rivāyat(un) shakliga ega (ARS, 322); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: rivāyat→ rivayat (rivo- yat); ravā feʼlining “hikoya qildiˮ, “xabar yetkazdi maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 322), arab tilidan ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelayotgan afsonaviy hikoya (OʻTIL, I, 624). maʼnosi bilan qabul qilingan

RIZO Bu arabcha soʻz ridā(un) shakliga ega (ARS, 301); oʻzbek tiliga dzad undoshini z undoshiga, choʻziq a unlisini a unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi hamzani tashlab qabul qilingan: ridā→ riza (rizo); koʻp maʼnoli rađiā feʼlining qanoat hosil qildiˮ, “xup dedi, maʼnosi bilan (ARS, 301) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 144), rozilikˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 624). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida rizolik oti yasalgan, rozi-rizolik juft soʻzi tuzilgan.

RIZOLIK


rizo

Q. RIZQ Bu arabcha soʻz rizq(un) shakliga ega (ARS, 295); yashash uchun zarur narsalar bilan taʼminladi maʼnosini anglatuvchi razaqa feʼlidan (ARS, 295) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), yashash uchun zarur narsalar maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 612).

RIZQ-ROʻZ Asli arabcha rizq (q.) va tojikcha roʻz (kunʻ) soʻzlari bilan tuzilgan tojikcha rizqi roʻz izo- fa birikmasiga teng boʻlib, keyinchalik izofa tashlanib, bu ikki soʻz juft soʻzga aylantirilgan: rizqiroʻz → rizq-roʻz: “kundalik hayot uchun zarur narsalarˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 625).

RIYOZAT Bu arabcha soʻz riyādat(un) shakliga ega (ARS, 321); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini a unlisiga, Azad undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: riyadat → riyazat (riyozat); koʻp maʼnoli rāda feʼlining mashk qildi maʼnosi asosida hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 320), arab tilida gimnastika mashqlariˮ, “gimnastika, sportˮ kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 321); tojik tilida bu soʻz mashaqqat, “Muhtojlik kabi maʼnolarni anglatadi (TJRS, 325); koʻrinadiki, bu soʻz oʻzbek tiliga shunday maʼnosi bilan tojik tilidan olingan (OʻTIL, I, 624).

RIYOZIYOT Bu arabcha soʻz riyozat soʻzining (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan koʻplik shakli boʻlib (ARS, 321), tarixan matematika fanlariˮ maʼnosini anglatish uchun ishlatilgan (OʻTIL, I, 624).

RIOYA Bu arabcha soʻz gіʼ yat(un) shakliga ega (ARS, 303); Oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini a to vushiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: rіʼāyat → riaya (rioya); koʻp maʼnoli gaʼa feʼlining amal qildiˮ, “hisobladiˮ maʼnosi bilan (APC, 303) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (APC, 303), “amal qilishˮ, “hisoblashish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 625). Bu soʻz oʻzbek tilida rioya qil- qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi.

RISOLA Bu arabcha soʻz risalat(un) shakliga ega (APC, 296); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini à unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: risalat → risala (risola); koʻp maʼnoli rasila Feʼlining yozdi maʼnosi asosida hosil qilingan I bob Masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida yetti maʼnoni anglatishi aytilgan (ARS, 296); oʻzbek tiliga uchinchi maʼnosi(OʻTIL, I, 625). tadkikot” maʼnosi bilan qabul qilingan

RISHVA(T) Bu arabcha soʻz rişvat(un) shakliga ega (ARS, 299); “pora berdi maʼnosini anglatuvchi gaşa feʼlining (ARS, 299) 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), “PORA“ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 625).

ROZI Bu arabcha soʻz radin shakliga ega (ARS, 301); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini à unlisiga, dzad undo- shini z undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi n kis- mini tashlab qabul qilingan: radin → razi (rozi); koʻp maʼnoli rađiā feʼlidan qanoat hosil qildiˮ, “xup dedi maʼnosi bilan (ARS, 301) hosil qilingan I bob anik nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 149), arab tilida “kanoat hosil qilgan maʼnosini anglatadi (ARS, 301); oʻzbek tilida esa “aytilgan fikrni maʼqullash maʼno- sini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, І. 626). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida rozilik soʻzi yasalgan, rozi- rizolik juft soʻzi tuzilgan.

ROZIYA Bu arabcha soʻz rozi soʻzining (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ARS, 301), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: radiyat→ raziyat → roziya; asli rozi soʻzi anglatgan maʼnoni anglatadi; bu soʻz ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

ROZI-RIZOLIK Q. rozi, rizo

POCMAHA


Q. rasmona

ROHAT Bu arabcha soʻz rahat(un) shakliga ega (ARS, 318); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini à unlisiga, hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilin- gan: rahat → rahat (rohat); asli kupmaʼnoli gãћa feʼlining orom oldi maʼnosi bilan (ARS, 319) hosil qilingan I bob masdari boʻlib, “oromˮ, “kishi ruhining yayrashi kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, I, 628). Bu suzdan oʻzbek tilida rohatlan- feʼli yasalgan, farogʻat soʻzi bilan (q.) rohat-farogʻat juft soʻzi tuzilgan.

ROHATBAXSH Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha rohat soʻziga (q.) bagʻishla-ˮ maʼnosini anglatuvchi tojikcha baxshidan feʼlining baxsh hozirgi zamon asosini qoʻshib (TjRS, 52, 51) tuzilgan, kishiga rohat bagʻish- laydigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 628).

ROHATIJON Bu soʻz asli oʻzbek tilida arabcha rohat soʻzi bilan (q.) tojikcha jon soʻzidan tuzilgan izofa birikmasi boʻlib, keyinchalik bir soʻzga bir- lashgan; “jonga rohat bagʻishlaydigan maʼnosini anglatadi; bu soʻz shirinliklardan birining nomi sifa- tida ham ishlatiladi (OʻTIL, I, 628).

ROHILA Bu arabcha soʻz rāhilat(un) shakliga ega (ARS, 290); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga, hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi t undoshini tashlab qabul qilingan: rāhilat → rahila (rohila); “yoʻlga chikdi maʼnosini angla- tuvchi rahala feʼlining I bob anik nisbat sifatdoshi shakli rāhil(un) soʻzidan (APC, 290) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), asli “minib yuriladigan urgochi tuya” maʼnosini anglatadi (ARS, 290). Ro- hila soʻzi oʻzbek tilida ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi (Safar chogʻida tugʻilgan goʻdakka ism sifatida berilsa kerak).

RUBOIY Bu arabcha soʻz rubābiyyat(un) shakliga ega (ARS, 284); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini à unlisiga, kasrali ayn tovushini i tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi yat tovushlarini tashlab qabul qilingan: rubäbiyyat → rubaiy (ruboiy); gabaʼa feʼlining toʻrtinchi boʻldi maʼnosi bilan hosil qilinib, toʻrttadan maʼnosini anglatuvchi rubasa soʻzidan (UAY, 423) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), toʻrt misradan iborat, shularning toʻrt yoki uch misrasi qofiyadosh, tugal maʼnoli sheʼrˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 628).

RUJU: Bu arabcha soʻz oʻzbek tilida ruju qil- qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi; asli giçӣʼ(un) shakliga ega (ARS, 288); oʻzbek tiliga choʻziq y unlisini u unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi aynni tashlab qabul qilingan: giҫūʼ → ruju; gaҫaʼa Feʼlining qaytaladi, maʼnosi bilan (ARS, 288) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), “qaytalashˮ, “qaytadan berilish“ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 628).

RUKN Bu arabcha soʻz rukn(un) shakliga ega (ARS, 313); koʻshmaʼnoli rakana feʼlining suyandi” maʼnosi bilan (ARS, 313) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), ustunˮ, “tayanchikˮ maʼnosini anglatadi; oʻzbek tilida bu soʻz asosan “sheʼr bandi maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 628). Bu soʻzning koʻplik shakli arkon soʻzi (ARS, 313) tarixan arkoni davlat (davlatning tayanchlari) izofa birikmasi tarkibida ishlatilgan.

RUTBA Bu arabcha soʻz rutbat(un) shakliga ega (ARS, 286); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: rutbat → rutba; koʻp maʼnoli rattaba Feʼlining tartibi bilan oʻrin oldi maʼnosi asosida (ARS, 285) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “egallab turilgan martaba, unvon maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 629).

RUXSAT Bu arabcha soʻz ruxsat(un) shakliga ega (ARS, 292); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga almashti- rib qabul qilingan: ruxsat→ ruxsat; koʻp maʼnoli ra- xuša feʼlining ijozat berdi maʼnosi bilan (ARS, 291) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), ijozatˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 629). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida ruxsatsiz sifati yasalgan.

RUXSATNOMA Bu qoʻshma soʻz tojik tilida arabcha ruxsat soʻziga (q.) “xatˮ maʼnosini anglatuvchi tojikcha noma soʻzini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 329, 271), ruxsat berilganini tasdiqlovchi hujjatˮ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 629).

Rux Bu arabcha soʻz ruh(un) shakliga ega (ARS, 319); oʻzbek tiliga hoyi hutgi tovushini h tovushiga, choʻziq y unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan: ruh → ruh. Bu soʻz asli koʻp maʼnoli räha feʼlining yengil boʻldi maʼnosidan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilidan oʻzbek tiliga kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin tandan chiqib, abadiy yashaydigan asos maʼnosi bilan olingan (OʻTIL, I, 629). Keyinchalik bu soʻz ruhiy kayfiyat maʼnosini ham anglata boshlagan va shu maʼnosi bilan oʻzbek tilida ruh- lan- (ruhiy koʻtarinki kayfiyatda boʻl-ʻ) feʼli yasalgan.

RUXAN Bu soʻz arabcha ruh soʻzining (q.) tushum kelishigi shakli boʻlib (ATG, 50), oʻzbek tilida ruhiy jihatdan maʼnosini anglatuvchi mustaqil soʻz sifatida ishlatiladi (OʻTIL, I, 630).

RUXAFZO Hozirgi oʻzbek tilida deyarli ishlatilmaydigan bu soʻz asli arabcha ruh soʻziga (q.) “koʻtar-ˮ maʼnosini anglatuvchi tojikcha afzudan feʼlining afzo hozirgi zamon asosini (TjRS, 34) qoʻshib tuzil- gan, koʻtarinki ruh bagʻishlaydigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 630).

RUXIY Bu arabcha soʻz ruhiyy(un) shakliga ega (ARS, 319); Oʻzbek tiliga hoyi hutti tovushini h tovushiga, choʻziq y tovushini u tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: ruhiyy→ ruhiy. Bu soʻz asli ruh soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), arab tilidan kishining ruhiyatiga bogʻliq maʼnosi bilan qabul qilingan: ruhiy holat, ruhiy koʻtarinki- lik kabi (OʻTIL, I, 630).

RUXIYAT Bu arabcha soʻz ruh soʻzidan (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), kishining ruhiy holati maʼnosini anglatadi. OʻTILga bu soʻz ruhiya shaklida kiritilgan (I, 630).

RUHIYA

RUHLAN-


q. ruhiyat

Q. ruh


RUHONIY Bu arabcha soʻz ruhāniyy(un) shakliga ega (ARS, 319); oʻzbek tiliga hoyi hutti tovushini h tovushiga, choʻziq y unlisini u unlisiga, choʻziq y unlisini à unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: rūhāniyy-ruxaniy (ru- honiy). Bu soʻz asli ruh otidan (q.) yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 49), diniy eʼtiqodi kuchliˮ, “din yoʻlida xizmat qiluvchi maʼnolari bilan olingan (OʻTIL, І, 630).




Bu arabcha soʻz vahm(un) shakliga ega (ARS, 914); koʻp maʼnoli vahama feʼlining ʻʻchoʻchitdiʼʼ, ʻʻbezovta qildi” maʼnosi bilan (ARS, 914) hosil qilingan I bob maslari boʻlib (ATG, 142), arab tilida ʻʻfarazʼʼ, ʻʻgumonʼʼ, ʻʻtaxminʼʼ kabi maʼnolarni (ARS, 914), oʻzbek tilida esa ʻʻxavfsirashnatijasida yuzaga keladigan qoʻrquv holatiʼʼ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 176). Bu soʻz soʻzlashuv tilida vohim tarzida ham talaffuz qilinib, vohim I soʻzi bilan shaklan teng kelib qoladi.


Bu arabcha so‘z vahm(un) shakliga ega (ARS, 914); ko‘p maʼnoli vahama feʼlining “cho‘chitdi”, “bezovta qildi” manosi bilan (ARS, 914) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “faraz”, “gumon”, “tahmin” kabi maʼnolarni (ARS, 914), o‘zbek tilida esa “xavfsirash natijasida yuzaga keladigan qo‘rquv holati” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I,176). Bu so‘z so‘zlashuv tilida vohim tarzida ham talaffuz qilinib, vohim I soʻzi bilan shaklan teng kelib qoladi.
Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling