Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam hajda necha kun turdilar?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

3-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam hajda necha kun turdilar?
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul kishining 
sahobai kiromlari Makkai Mukarramaga Zulhijja oyining 4-nchi kuni tongda yetib 
keldilar. 4-nchi kunning peshinidan boshlab 8-nchi kunning asrigacha haj uchun talbiya 
aytdilar. Janob Rasululloh 8-nchi kuni Minoga chikdilar. Makkada 21 ta farz namozi 
o'qidilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik olib kelmagan 
sahobalarga umra (kichik haj) qilib ehromni yechmoqni, qurbonlik olib kelganlarga ersa
ehromni yechmay hajni (katta hajni) davom ettirmoqni buyurdilar».
4-bob. Necha kunlik safarda qasr o'qiladir?
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kecha-yu bir kunduzlik yo'lni «safar» deb


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
atadilar. Ibn Umar va Ibn Abbos 4 burudlik (16 farsah - 36 km) yo'lga chiqsalar
namozni qasr qilib, ro'zani ochar erdilar.
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xotin kishi 3 kecha- 
yu kunduzlik yo'lga yolg'iz o'zi safar qilmag'aydir, balkim mahrami birlan birga safar 
qilg'aydir»,- deganlar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taologa va 
oxirat kuniga ishongan xotinning mahramsiz yolg'iz o'zi bir kecha-yu kunduzlik yo'lga 
safar qilmog'i joiz ermas»,- deydilar».
5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o'qiyveradir
Hazrat AN safarga chiqdilar. Yo'lda ketayotib, hali uylari ko'rinib turgan bo'lsa ham, 
namozni qasr o'qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana, Kufa ham 
ko'rinib qoldi, endi namozni to'liq o'qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat AN: «Yo'q, to shaharga 
kirmaguncha to'liq o'qimasmiz»,- deb javob qildilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o'qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda 
ersa, ikki rak'at asr o'qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak'at, deb farz qilingan erdi. 
Safarda shul ikki rak'atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to'rt rak'at qilib to'ldirildi. Zuhriy: 
«Oisha onamiz «to'ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,- deb Urvadan 
so'radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya'ni, namozni to'rt rak'at o'qymoq 
to'g'risida) ne degan bo'lsalar, o'shani nazarda tutdilar»,- dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling