Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Farz namozi ulovdan tushib o'qiladir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

9-bob. Farz namozi ulovdan tushib o'qiladir
Omir ibn Rabiy'a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulov 
(ketayotgan tomonga qarab) ustida imo-ishora birlan ruqu'va sajda qilib, nafl o'qib 
ketayotganlarini ko'rganman. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz namozini 
bunday o'qimas erdilar (ulovdan tushib o'qir erdilar)».
Ibn Shihob rivoyat qiladirlar (ul kishiga Zuhriy, Zuhriyga ersa, Solim aytib bergan 
erkan): «Abdulloh ibn Umar safarda yurganlarida kechasi ulov ustida namoz o'qir 
erdilar. Qaysi tomonga qarab ketayotganlariga sira parvo qilmas erdilar. Ibn Umar: 
«Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ulov ustida qaysi tomonga qarab bo'lsa ham, nafl 
va vitr o'qiyverar erdilar. Biroq farz namozini ulov ustida o'qimas erdilar»,—deydilar», '
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov minib 
sharq tomonga ketayotgan bo'lsalar ham, nafl o'qiyverar erdilar. Lekin, qachon farz 
namozi o'qimoqchi bo'lsalar, ulovdan tushib, qiblaga qarab o'qir erdilar».
10-bob. Eshak minib ketayotib nafl o'qimoq
Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molik Shorn shahridan kelayotganlarida biz 
kutgani chiqdik. «Ayn ut-Tamr» degan yerda uchrashdik. Shunda ul kishining eshak 
ustida nafl o'qib kelayotganlarini ko'rdim. Yuzlari qiblaning chap tomoniga qaragan holda 
erdi. Men ul kishiga; «Sizning qibladan boshqa yoqqa qarab namoz o'qiyotganingizni 
ko'rdim»,— dedim. Anas ibn Molik: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
shundoq qilganlarini ko'rmaganimda erdim, bundoq qilmagan bo'lar erdim»,— dedilar».
11-bob. Safarda farz namozidan keyin nafl o'qimagan kishi
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga 
chiqdim. Janob Rasulullohning safar vaqtida farz namozidan keyin nafl o'qiganlarini 
ko'rmadim. Olloh taolo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlarga yaxshi ibrat 
bo'lg'ulik narsalar ko'pdir!»— deydir».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar qilganlarida 
yonlarida birga yurdim. Janob Rasululloh farz namozini ikki rak'atdan ortiq o'qimas 
erdilar (ya'ni, sunnatini o'qimas erdilar). Abu Bakr birlan ham, Umar va Usmon birlan 
ham safarda birga yurdim, ular ham shundoq qilishar erdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling