Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o'qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

10-bob. Namoz o'qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi
Abu Rofi' rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o'qidim. Shunda 
ul kishi «Iza-s-sa-mou-n-shaqqat» surasini o'qiyotib sajda qilinadirgan oyatga kelganda 
sajda etdilar. Namoz tugagach, men: «Bu nechuk sajda bo'ldi?» - dedim. Abu Hurayra: 
«Shul oyatga kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib sajda 
qilganman. Shul sababdan Rasulullohni qiyomatda uchratmagunimcha (to o'lgunimcha) 
sajda qilaverg'umdir!» - dedilar».
11-bob. Tiqilinchda sajda qilmoqqa joy topmagan kishi
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan 
oyati bor surani o'qib, sajda etar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda aylar erdik. 
Odam ko'pligidan ba'zi birimiz peshonamizni qo'ygudek joy topolmay qolar erdik».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
NAMOZNI QASR (QISQARTIRIB) O'QISH HAQIDAGI BOBLAR 
1-bob. Qasr o'qish va uning muddati haqidagi hadislar to'g'risida
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 19 kun Makkada 
turib qasr o'qidilar (Makka fath qilinganda). Shuning uchun biz ham safarda 19 kun qasr 
o'qiydirmiz».
Anas raziyallohu anhu Yahyo ibn Abu Ishoqqa bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan Makkaga yo'l oldik. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga qaytib kelgunimizcha farz nomozini ikki 
rak'at-ikki rak'atdan o'qidilar». Yahyo ibn Abu Ishoq: «Makkada ko'p 
turmagandirsizlar?» - deb Anasdan so'rabdilar. Anas: «Makkada o'n kun turdik»,- deb 
javob beribdirlar.
2-bob. Minoda namoz o'qimoq
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Minoda ikki rak'at qasr o'qidim. Abu Bakr Siddiq birlan ham, Umar va endigina amirlik 
qilayotgan Usmon birlan ham ikki rak'at qasr o'qiganman. Keyin, Usmon to'liq 
o'qiydirgan bo'ldilar».
Horisa ibn Vahb: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Minoda to'rt 
rak'at o'rniga ikki rak'at namoz o'qidilar»,- deydilar.
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Usmon ibn Affon biz birlan birga Minoda to'rt 
rak'at kamoz o'qidi. Buni Abdulloh ibn Mas'udga yetkazishdi. Shunda Abdulloh ibn 
Mas'ud shul xususdagi bir voqeani eslab, bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam birlan birga Minoda farzni to'rt rak'at o'rniga ikki rak'atdan o'qidik, Abu Bakr 
birlan ham, Umar birlan ham Minoda ikki rak'atdan o'qidik. Koshki erdi, farz to'rt rak'at 
o'rniga ikki rak'at deb qabul qilingan bo'lsa erdi!»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling