Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Shorn safarda uch rak'at o'qiladir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

6-bob. Shorn safarda uch rak'at o'qiladir
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda 
shoshilib turganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo'shib o'qiganlarini ko'rdim. Solim: 
«Mening otam Abdulloh ham safarda shoshib turgan bo'lsalar, shunday qilar erdilar»,- 
deydi».
Ibn Shihob Zuhriyga Solim bunday deb rivoyat qilgan erkan: «Ibn Umar Muzdalifa degan 
yerda xufton vaqti bo'ldi hamki, shorn o'qimadilar. Bir payt Ibn Umar xotinlari Safiya 
binti Abu Ubaydga baqirib gapirib turgan erdilar, men: «Namozga!» - dedim. 
«Yuraverg'il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg'il, h a I i», - 
dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim, ul kishi tag'in: «Yuraverg'il»,- dedilar. Shu 
tariqa 2-3 mil yurdik, so'ng tushib namoz o'qidik. Namozdan keyin: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning safarda shoshilib turganlarida shunday namoz 
o'qiganlarini ko'rganman. Ul kishi shomni uch rak'at o'qib, salom bergan erdilar, bir 
ozdan keyin ersa, takbir aytib, ikki rak'at xufton o'qigan erdilar, keyin salom bergan 
erdilar. Xuftondan keyin tonggacha nafl o'qimagan erdilar», - dedilar».
7-bob. Ulov ustida nafl o'qimoq
Abdulloh ibn Amrning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sallamning tuyada ketayotgan tomonlariga qarab namoz o'qiyotganlarini ko'rganman».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov mingan 
holda qibladan boshqa tomonga qarab ham namoz o'qiyverar erdilar».
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu safarda ulov ustida ham nafl va vitr 
o'qiyverar erdilar Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar erdilar»,- 
deb aytar erdilar».
8-bob. Ulov ustida imo-ishora birlan nafl o'qimoq
Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar safarda ulov minib ketayotgan 
tomonlariga qarab nafl o'qiyverar erdilar. Imo-ishora birlan ruku'va sajda qilar erdilar
ya'ni go'yo ruku'va sajda qilayotgandek harakat qilib qo'yar erdilar. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ham xuddi shundoq qilar erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling