Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
chaqirib kelgach, Anas shaharliklar qanday namoz o'qib, takbir aytishsa, o'shanday
namoz o'qib, takbir aytdi. «Qora xalq hayitda to'planib,-
deydi Ikrima,-mamlakat
boshlig'i o'qigandek ikki rak'at namoz o'qiydir». «Hayit namoziga ulgurmay qolgan odam
ikki rak'at namoz o'qiydir»,- deydi Ato.
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Oisha onamizning huzurlariga
kirdilar. Oisha onamiz oldilarida ikki cho'ri qiz, Mino kunlari bo'lishiga qaramay,
doira
chalib o'ynashar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kiyimlariga burkanib yotar
erdilar. Abu Bakr Siddiq cho'rilarni koyib berdilar. Shunda Janob Rasululloh yuzlarini
ochib: «Qo'yabering ularni, ey Abu Bakr!
Bu kunlar bayram kunlari, Minoga chiqadigan
kunlar» - dedilar. Oisha onamiz: «Masjid hovlisida harbiy o'yin o'ynayotgan habashlarni
tomosha qilayotganimda Janob Rasululloh meni pana qilib turganlarini eslayman.
O'shanda (Umar) o'yinni to'xtatgan erdilar. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam esa
Umarga: «Qo'yabering, biz ularga ruxsat berdik, o'ynaveringlar, ey Baniy Arfada!»
degan erdilar»,- deydilar».
26-bob. Hayit namozidan avval va undan keyin namoz o'qish mumkinmi?
Abulmu'allo: «Ibn Abbos, hayit namozidan avval namoz o'qish makruh, deb aytibdirlar,
buni menga Sa'id aytdi»,- deydilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro'za
hayitida
namozgohga chiqdilar va ikki rak'at hayit namozi o'qidilar. Hayit namozidan avval ham,
keyin ham boshqa namoz o'qimadilar. O'shanda Janob Rasululloh birlan birga Bilol ham
bor erdi».
Do'stlaringiz bilan baham: